USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bir oilaning 7 azosi halok bölgan portlaş böyiça gaz idorasi xodimlari ozodlikdan mahrum qilindi

2 307 марта
Samarqandda bir oilaning 7 azosi halok bölgan portlaş böyiça gaz idorasi xodimlari ozodlikdan mahrum qilindi

Portlaşga olib kelgan tabiiy gaz yollanma ustalar tomonidan avtomobil yöli ostiga noqonuniy yotqizilgan quvurdan sizib çiqqani malum böldi. Jabrlanuvçilar gaz hidi çiqayotganini aytib, gaz idorasiga bir neça marotaba murojaat qilgan. Biroq taşkilot xodimlari bunga etibor qaratişmagan.
Foto: Videodan kadr

Samanqand şahrida bir oilaning 7 azosi halok bölgan portlaş böyiça gaz idorasi rahbari va uning 3 nafar xodimiga sud hukmi öqildi. Jinoyat işi JIB Samarqand şahar sudida sudya Zarifa Ahmedova raisligida körib çiqildi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.

Malum bölişiça, dahşatli portlaş sodir bölgunga qadar xonadon egalari gaz hididan bezovta bölib, gaz idorasiga 11 marotaba murojaat qilgan. Biroq taşkilot masullari bunga etiborsiz qaraşgan.


Sud hujjatlariga köra, 2024 yil sentyabr-oktyabr oylarida Spitamen şohköçasi va 160-uy atrofidagi xonadonlarni gazlaştiriş işlari loyiha va texnik şartlarsiz amalga oşirilgan. Yollanma ustalar yordamida noqonuniy tarzda avtomobil yöli ostiga gaz quvuri yotqizilgan. Quvur tegişli xulosalarsiz va xavfsizlik qoplamasisiz yer ostiga tuşirilgani hamda tarmoqqa noqonuniy ulangani aniqlangan. Quvurda 7 ta teşik paydo bölib, tabiiy gaz markaziy oqova quduğiga sizib çiqqan. Oqibatda portlaş sodir bölgan.


Sudlanuvçilar – “Hududgaz Samarqand” gaz taminoti filiali Samarqand şahar bölimi rahbari va 3 xodimi Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi “a, b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Ularga 3 yil davlat iştirokidagi korxonalar va taşkilotlarda mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Şuningdek, portlaşdan zarar körgan fuqarolar foydasiga gaz taminoti korxonasidan qariyb 6 mlrd söm undiriş belgilangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: