Özbekistonda çegirma va aktsiyalar tartibi böyiça yangi qoidalar joriy etildi
23-10-2025, 21:00
250 марта
Özbekistonda çegirma va aktsiyalar tartibi böyiça yangi qoidalar joriy etildiÖzbekistonda çakana savdo qoidalariga özgartirişlar kiritildi. Endi sotuvçi tovarga “çegirma” deb yozişi uçun u holatda çegirmagaça bölgan narxni ham körsatişi şart. Agar bu malumot berilmasa, bu “çegirma” emas, balki oddiy narx arzonlaşuvi sifatida baholanadi.
Yangiça tartibga köra, çegirmada körsatilgan “avvalgi narx” (qişloq xöjaligi mahsulotlaridan taşqari) çegirma elon qilingunigaça bölgan oxirgi 30 kundagi eng past narx bölişi kerak. Bu talab sotuvçilarning suniy ravişda narxni avval oşirib, keyin çegirma sifatida körsatiş orqali istemolçilarni çalğitiş holatlariga çek qöyadi.
Rağbatlantiruvçi aktsiyalarni ötkazişda ham yangi talablar joriy etilgan. Sotuvçi aktsiya haqida elon berganda:
✅uning şartlari, amal qiliş muddati,
✅tovar nomi va miqdori,
✅sotib oliş tartibi haqidagi malumotni aniq va tuşunarli tarzda taqdim etişi lozim.
Aktsiya boşlangandan keyin uning şartlarini özgartiriş yoki tovar narxi haqida notöğri malumot beriş qatiyan taqiqlanadi.
Agar çegirma yoki aktsiya ommaviy tadbir körinişida ötkazilsa, tadbir uçun belgilangan tartib-taomillarga rioya qilinişi va vakolatli idoralardan ruxsatnoma olinişi şart böladi.