USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bolalar orasida tarqalgan kasallik ğayrioddiy emasmi?

593 марта
Bolalar orasida tarqalgan kasallik ğayrioddiy emasmi?

Soğliqni saqlaş vazirligining fikriga köra, bu heç qanday ğayrioddiy holat emas. 

Malumki, bolalar orasida mavsumiy ötkir respirator virusli kasalliklarga öxşaş, lekin iç ketiş va qayt qiliş, bazidaisitma simptomlari bölgan infektsiya tarqalmoqda, bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ham taşvişli xabarlar uçramoqda.


Soğliqni saqlaş vazirligining malum qilişiça, havo-tomçi yöli orqali yuqadigan ötkir respirator virusli infektsiyalar mavsumiy xarakterga ega bölib, kuzda harorat pasayişi bilan kasallaniş körsatkiçlari birmunça ortadi.

Şamollaş mavsumining boşlanişi odatda avgust oyi oxiri va sentyabr oyiga töğri keladi. Joriy yilda esa bu muddat biroz keçroq — oktyabr oyining oxirgi 10 kunligida boşlangan.

“Bazida respirator belgilar yötaliş, aksiriş, burun açişişi, tana harorati kötarilişi bilan kuzatilsa, ayrim bemorlarda oşqozon-içak tizimining buzilişi tarzida namoyon böladi. Demak, bu xastaliklar har doim ham bir xil keçmaydi va mazkur holat virusning ştammlari bilan boğliq”, deyiladi munosabatda.

“Mavsumiy respirator kasalliklar avj olişini koronavirus mutatsiyasi sifatida baholaş ham mutlaqo örinsiz. Qolaversa, bugunga kelib COVID-19 oddiy respirator infektsiyaga aylanib ulgurgan. Hozirgi paytda mamlakatimizda koronavirus böyiça vaziyat barqaror”, deyiladi SSV munosabatida.

Munosabatda hozirda tibbiyot muassasalarida ötkir respirator virusli infektsiyalarni davolaş uçun zarur örin-joy va dori-darmon zaxiralari yaratilgani qöşimça qilingan. Epidemik vaziyat muntazam monitoring qilib borilmoqda.

Vazirlikda alohida ştab tuzilib, unga Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi vakillari, soha olimlari, tizim mutasaddilari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va viloyatlardan onalik va bolalikni muhofaza qilişga masul mutaxassislar jalb qilingan.

“Umuman, Özbekistonda epidemiologik vaziyat barqaror. Şu bois heç qanday xavotirga örin yöq”, deyiladi munosabatda.

Ammo, hozirda kasalxonalarda bemorlar, xususan bolalar köpayib ketgani, hamma murojaatlarga ham vaqtida javob beriş imkoniyati bölmayotgani, kasallik faqat bolalarda emas, kattalarda ham uçrayotgani, kasallikning tuzalişi va isitma ketişi qiyin bölib, tuzaliş juda sekin keçayotgani ham bor holat. Agar vaziyat barqaror va taşvişga örin yöq bölsa, kasallikning uzoq muddat ketmasligi nimadan dalolat? SSV bu haqda heç narsa demagan. Ammo, ota-onalarga kasallik belgilari kuzatilgan farzandlarini öz vaqtida oilaviy şifokor körigiga olib borişni tavsiya etgan.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: