USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident barça rahbarlarga pulni tejaşni buyurdi

121 марта

Prezident barça rahbarlarga pulni tejaşni buyurdi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev barça darajadagi rahbarlarni byudjet pullarini tejaşga çaqirdi. Davlat rahbari topşiriğiça, kelgusi yilda xarajatlarni keskin qisqartiriş va samaradorlikni oşiriş barça darajadagi rahbarlar uçun asosiy mezon böladi. Bu haqda bugun, 27 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida bölib ötgan iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026 yil uçun möljallangan asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlar böyiça yiğilişda söz borgan. 

Tanqidiy ruhda ötgan yiğilişda kelgusi yil uçun asosiy rejalar körib çiqilgan. 
Mutasaddilar kelgusi yilda ösiş suratini 6,6 foiz darajasida taminlab, yalpi içki mahsulot hajmini 150 milliard dollardan oşiriş, iqtisodiyotga barça manbalardan kamida 400 trillion söm yönaltiriş, inflyatsiyani 7 foizdan ortiq bölmagan darajada saqlab qoliş prognoz qilingani yuzasidan axborot bergan. 

Prezident bu rejalarga erişiş uçun barça imkoniyat va şaroit mavjudligini takidlab, har bir vazirlik, tarmoq va hudud rahbarlari jiddiy etibor qaratişi zarur bölgan muhim masalalarni körsatib ötgan.
2026 yilgi byudjet loyihasida asosiy soliq stavkalari özgarişsiz qolayotgan şaroitda byudjet daromadlarini izçillik bilan oşirib boriş, şu bilan birga, xarajatlar qismining samarali sarflanişi ustidan qatiy nazorat örnatiş şartligi qayd etilgan. 
Prezident takidlaganidek, kelgusi yilda xarajatlarni keskin qisqartiriş va samaradorlikni oşiriş barça darajadagi rahbarlar uçun asosiy mezon böladi. 


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: