Advokatlik qasamyodiga sodiq qolmagan advokat qölga olindi
29-10-2025, 08:51
850 марта
Advokatlik qasamyodiga sodiq qolmagan advokat qölga olindiSirdaryo tumanidagi advokatlik byurosi advokati öz xizmat mavqeidan suiistemol qilgani aniqlandi.
Malum bölişiça, u tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi iş yurituvida bölgan jinoyat işi doirasida gumonlanuvçi sifatida jalb qilingan va hozirda Xovos tumanidagi 8-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan fuqaroni Sirdaryo tumani IIB vaqtinça saqlaş hibsxonasiga ötkaziş hamda keyinçalik sud jarayonida işni uning foydasiga hal qilib beriş evaziga 5500 AQŞ dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Prokuratura organlari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda advokat 4500 AQŞ dollari va 6 million söm pulni olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Takidlaş lozimki, uşbu advokat mazkur jinoyat işida gumonlanuvçining huquqlarini himoya qiliş maqsadida davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş uçun jalb qilingan edi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegişli tartibda tergov harakatlari olib borilmoqda.