Isitiş mavsumida tabiiy gaz uçun bazaviy meyor 5 barobarga oşiriladi
31-10-2025, 09:09
1 335 марта

Isitiş mavsumida tabiiy gaz uçun bazaviy meyor 5 barobarga oşiriladi
Isitiş mavsumida tabiiy gaz istemoli böyiça bazaviy meyor 5 barobarga oşiriladi. Bu haqda hukumatning “Yoqilği-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilangan.Qayd etilişiça, noyabr-fevral oylarida har bir oy uçun 500 kub metrgaça, mart-oktyabrda esa har oy uçun 100 kub metrgaça bazaviy meyor belgilangan.
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz istemoli yuqori bölganligi sababli Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr-fevral oylarida bir oylik “bazaviy meyor” 500 kub metr qilib belgilangan.
Bundan taşqari, Prezidentning “Yoqilği-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etişda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan, ehtiyojmand oilalarga işlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.
Kompensatsiya miqdori:
- Elektr energiyasi uçun – oyiga bazaviy meyordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgaça;
- Tabiiy gaz uçun – qiş oylarida 250 kub metrgaça, boşqa oylarda 150 kub metrgaça bazaviy meyordan ortiq foydalanilgan qismi uçun kompensatsiya beriladi. Ilgari kompensatsiyalar faqat qiş oylarida amal qilgan bölsa, endi yil davomida har oyda berilmoqda.
Qayd etilişiça, havo haroratidan kelib çiqib, Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelişilgan holda, mazkur bazaviy meyorlarning isitiş va boşqa mavsumlardagi amal qiliş muddatlariga özgartiriş kiritişi mumkin.