Özbekiston “Qiyomat kuni ombori”ga uruğlar topşirdi
31-10-2025, 15:08
725 марта

Özbekiston “Qiyomat kuni ombori”ga uruğlar topşirdi
Özbekistonning qadimiy va mahalliy ekinlariga oid uruğ namunalari Norvegiyada joylaşgan dunyodagi eng yirik va xavfsiz uruğ saqlaş maskani – Svalbard Butunjahon uruğ saqlaş genbanki (“Qiyomat kuni ombori” deb ham ataladi)ga topşirildi. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi xabar berdi.Malum qilinişiça, uşbu taşabbus Qişloq xöjaligi vazirligi, Ösimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti, BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti hamda Nordic Genetic Resource Center örtasidagi samarali xalqaro hamkorlik doirasida amalga oşirilgan.
Qayd etilişiça, mazkur jarayon Özbekistonda qişloq xöjaligi ekinlarining genetik xilma-xilligini saqlaş, milliy genofondni mustahkamlaş va xalqaro miqyosda oziq-ovqat xavfsizligini taminlaş borasidagi say-harakatlarda muhim bosqiç bölgan.
“Svalbarddagi omborga topşirilgan uruğlar özbek dehqonçilik madaniyatining bebaho merosi – qadimiy navlar va mahalliy ekotiplarning genetik namunalarini ifodalaydi. Kollektsiya tarkibida qovun, tarvuz, pomidor, qalampir, baqlajon, sabzi, piyoz va buğdoyning 20 dan ortiq mahalliy navlari mavjud. Ayniqsa, buğdoyning mahalliy “Qayroqtoş” navi alohida ahamiyatga ega”, deyiladi xabarda.