Özbekiston va Finlyandiya örtasida 9 ta hujjat imzolandi
1-11-2025, 06:45
112 марта
Özbekiston va Finlyandiya örtasida 9 ta hujjat imzolandiKeça, 31 oktyabr kuni Toşkent şahrida bölib ötgan muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb Qöşma bayonotni imzoladi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, yetakçilar huzurida turli yönalişlarda, şu jumladan:
savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş;
foydali qazilmalarni qazib oliş sohasidagi hamkorlik;
geologiya fanlari, geologik qidiruv, foydali qazilmalar va yer osti suvlarini izlaş hamda konçilik sohalaridagi hamkorlik;
raqamli transformatsiya, innovatsiyalar va raqamli özaro boğliqlikni rivojlantirişga kömaklaşiş;
ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik;
maktabgaça va maktab talimi tizimiga raqamli talim platformasini joriy etiş böyiça hamkorlik;
talim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik;
raqamlaştiriş va suv resurslarini boşqariş sohasidagi fan-talim salohiyatini oşiriş;
iqlim özgarişi va atrof-muhit muhofazasi borasidagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlar töplamini imzolaş marosimi bölib ötgan.