Özbekiston yöllarida 9 oyda qança odam vafot etgani oçiqlandi
3-11-2025, 14:15
536 марта

Özbekiston yöllarida 9 oyda qança odam vafot etgani oçiqlandi
Özbekistonda joriy yilning 9 oyi davomida yöl-transport hodisalari ortidan ölim bilan boğliq 1303 ta holat qayd etilgan. Bu haqda joriy yilning 1 noyabr kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burxonov Oliy Majlis Senatining 11-yalpi majlisida malum qildi.Uning bildirişiça, haydovçilar va piyodalarning yöl harakati qoidalariga rioya etiş madaniyatini oşirişga, haydovçilarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş tizimini takomillaştirişga, şuningdek, yöl harakatining taşkil etilişini töliq raqamlaştirişga qaratilgan huquqiy asoslar yaratilgan.
Malumot uçun, 2024 yilda Özbekistonda 9364 ta yöl-transport hodisasi sodir etilgan bölib, ularda 2203 kişi halok bölgan va 9 mingga yaqin fuqaro jarohat olgan.