Avtomobilda kamarni kamarini taqiş mumkin bölmagan kasalliklar tasdiqlanadi
4-11-2025, 21:25
847 марта
Avtomobilda kamarni taqiş mumkin bölmagan kasalliklar tasdiqlanadiSoğliqni saqlaş vazirligi Salomatligi sababli xavfsizlik kamarini taqiş mumkin bölmagan kasalliklar va holatlar röyxati loyihasini jamoatçilik muhokamasi uçun elon qildi.
Loyihaga köra, jami 17 ta kasallik va holatda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:
— umrov va töş suyagi sinişi;
— yelka kamari sinişi;
— qovurğalar sinişi;
— umurtqa poğonasining kompression sinişi;
— öpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqiç);
— bronxial astma (IV bosqiç);
— öpkaning interstitsial zararlanişi;
— öpkaning bir qismi yoki butun qismini (çap yoki öng) olib taşlanişi;
— surunkali yurak yetişmovçiligining III bosqiçi va dekompensatsiya bosqiçi;
— III darajali (morbid) semizlik (BMI ≥ 40);
— past böylik (nanizm) — 150 sm dan past;
— qöl yoki yelka harakatini çeklovçi nevrologik kasalliklar;
— terining kökrak qismida joylaşgan oğir allergik yoki dermatologik kasalliklarining oğir şakllari (ekzema, psoriaz);
— kökrak yoki yelka sohasida protez yoki implantlar qöyilişi;
— kökrak qafasi va qorin böşliğiga ötkazilgan oçiq turdagi operatsiyalar;
— stomalar (suniy çiqiş yöli) qöyilişi;
— kökrak qafasi sohasidagi yirik hosilalar (ösma);
— homilador ayollar.
Hujjat hali kuçga kirgani yöq. Uşbu kasalliklar bilan kasallanganligi böyiça “Elektron soğliqni saqlaş” axborot tizimi orqali şakllantirilgan QR-kodli (ştrixli kod) elektron tibbiy malumotnomalar fuqaro biriktirilgan birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi tomonidan beriladi.