S5+1: Oq uy Markaziy Osiyo yetakçilari bilan sammitga tayyorlanmoqda
5-11-2025, 21:38
127 марта

S5+1: Oq uy Markaziy Osiyo yetakçilari bilan sammitga tayyorlanmoqda
Ertaga, 6 noyabr kuni AQŞ poytaxti Vaşingtondagi Prezident qarorgohi Oq uyda S5+1 formatidagi Markaziy Osiyo-Amerika Qöşma Ştatlari sammiti bölib ötadi. Unda mintaqa davlatlari rahbarlari va AQŞ Prezidenti Donald Tramp iştirok etadi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev allaqaçon Vaşingtonga yetib borgan.Nega birdan Vaşington bu sammitga mezbonlik qilayotgani qiziq. Voqealar ketma-ketligini körib çiqadigan bölsak, AQŞ Kongressi azolari Sidni Kamlager-Dav va Bill Xyoyzenga Prezident Donald Trampga diplomatik forumning 10 yilligi munosabati bilan Vaşingtonda S5+1 sammitini ötkazişga çaqirgan maktub yöllaşdi. Tramp ularning taklifini maqulladi çoği Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gorni AQŞ Davlat kotibining örinbosari Kristofer Landau bilan birga Özbekiston va Qozoğistonga yubordi. Ular mamlakatlar rahbariyati bilan körişib, rejalarni kelişib oldi. Şunday qilib ertaga Oq uyda tarixiy sammit bölişi kutilmoqda.
S5+1 tarixi
AQŞ uçun S5+1’ning ahamiyati Markaziy Osiyoda Rossiya va Xitoy tasirini çeklaş orqali, öz manfaatlarini amalga oşiriş bölsa, Markaziy Osiyo uçun mintaqaviy va global muammolarni dunyoning eng yirik iqtisodiga ega davlat bilan birgalikda hal etiş, özaro integratsiyalaşuv va iliq munosabatlar orqali qöllovga erişişdir. Şu manoda uşbu sammit har ikki tomon uçun birdek muhim.

Uşbu ğoyaning vujudga kelişi 2015 yilga borib taqaladi. Öşa yili 26 sentyabrda bölib ötgan BMT Boş Assambliyasining 70-sessiyasida AQŞning öşa vaqtdagi davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyoning beş davlati taşqi işlar vazirlari bilan uçraşadi. Uning siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik masalalarida muntazam muloqot yaratiş taklifi tomonlar tarafidan maqullanib, S5+1 dasturi şakllanadi.
Dastlabki sammit 2015 yilning özida, 1 noyabr sanasida Özbekistonning Samarqand şahrida bölib ötdi. Muvaffaqiyatli ötgan uşbu uçraşuvda olti davlat savdo, transport va energetika sohalarida hamkorlikni kengaytiriş töğrisida deklaratsiya elon qildi. Aynan şu voqeadan keyin S5+1 har yili ötkaziladigan böldi.
2016 yil 3 avgust kuni Vaşingtonda ötkazilgan ikkinçi sammit davlatlar örtasida diplomatik munosabatlarning örnatilganining 25 yilligi nişonlandi. Sammit yakunida AQŞ va Markaziy Osiyoning beşta davlati AQŞ bilan ön beş million dollargaça moliyaviy kömak körsatuvçi beşta tegişli loyihani işga tuşirdi. Şu asnoda keyingi yillarda ham bu anana davom etdi, hatto 2017, 2019, 2020, 2021 yillarda diplomatik muloqotlar yiliga ikki martadan taşkil etildi.