USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞning maxsus vakili Serjio Gor Toşkentga keldi

249 марта

AQŞning maxsus vakili Serjio Gor Toşkentga keldi

AQŞning Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili, elçi Serjio Gor va AQŞ Davlat kotibi örinbosari Kristofer Landau keça, 25 oktyabr kuni Özbekistonga keldi. Bu haqda AQŞning Özbekistondagi elçixonasi malum qildi.





Bildirilişiça, taşrifdan maqsad muhim minerallar va energetika sohasidagi savdo-sotiq hamda sarmoyalar, şuningdek, C5+1 mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilişdir. 
Serjio Gor va Kristofer Landau keça, 25 oktyabr kuni AQŞ kompaniyalari bilan özaro farovonlikni yuksaltirişning köplab imkoniyatlari haqida samarali suhbatlaşgan.

Bugun, 26 oktyabr kuni esa ular Özbekistonning boy tarixi va madaniyati bilan tanişgan. Elçixona elon qilgan rasmlardan AQŞ rasmiylari Toşkentdagi Islom tsivilizatsiyasi markazi va “Çorsu” bozoriga borganini köriş mumkin. Ularga Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQŞning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Jonatan Henik hamrohlik qilgan.

Malumot uçun, Serjio Gor 1986 yil 30 noyabrda Toşkentda tuğilgan va keyinçalik AQŞda talim olgan. U siyosiy faoliyatini respublikaçilar partiyasi doirasida olib borgan, Donald Tramp jamoasida turli lavozimlarda işlagan va uning eng yaqin safdoşlaridan biri sifatida tanilgan. Gor Oq uyda Prezident Kadrlar boşqarmasi direktori sifatida faoliyat yuritgan, şuningdek, siyosiy kampaniyalarda ham faol qatnaşgan. 2025 yil 22 avgust kuni Donald Tramp uni Hindistondagi elçi lavozimiga nomzod qilib körsatgan. Hozirda u Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakil sifatida ham faoliyat olib bormoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: