Özbekistonda 150 mingga yaqin kişi öziga kredit olişni taqiqladi
5-11-2025, 23:56
99 марта

Özbekistonda 150 mingga yaqin kişi öziga kredit olişni taqiqladi
Özbekistonda 1 oktyabr holatiga köra qariyb 150 ming kişi öziga kredit rasmiylaştirilişini taqiqladi. Bu haqda Kredit-axborot tahliliy markazi xabar berdi.Malum qilinişiça, 149 465 nafar jismoniy şaxs kredit berişda özini özi taqiqlaş böyiça bepul “Kreditga taqiq” xizmatga ulandi. Ularning 101 467 nafarini erkaklar, 47 998 nafarini ayollar taşkil etdi.
Kredit olişni öz-öziga taqiqlaş xizmatidan eng köp 26−35 yoşdagi fuqarolar foydalandi — ular barça foydalanuvçilarning uçdan bir qismini taşkil qildi (33,6 foiz). Keyingi örinlarda 36−45 yoşlilar (25,6 foiz) 26 yoşgaça bölganlar (19,2 foiz), 46-55 yoşlilar (12,6 foiz) va 56 yoşdan kattalar uşbu xizmatdan foydalandi.

Öziga kredit ajratilişini taqiqlaş bu qarz, mikrokredit va kredit kartalarini oliş imkoniyatidan vaqtinçalik yoki muddatsiz voz keçiş töğrisidagi ixtiyoriy qaror. Jismoniy şaxslar uçun öz malumotlarini kredit bitimi tuzişi taqiqlangan şaxslar reyestriga kiritiş xizmati 6 iyundan boşlab işga tuşirilgandi. Bu orqali fuqarolar özlarining iştirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylaştirilişining oldini oliş uçun özi bilan kredit bitimini tuzişni taqiqlaşi mumkin böladi. Xizmatdan foydalaniş bepul bölib, çeklov ham qöyilmagan — taqiqni istalgança örnatiş va olib taşlaş mumkin.
Kreditga taqiq qanday qöyiladi?
Uşbu xizmatni yoqiş yoki öçirişni onlayn va oflayn şaklda bir neçta usullar orqali amalga oşiriş mumkin:
- Kredit-axborot tahliliy markazi mobil ilovasi orqali — “Ommabop xizmatlar” bölimidan “Kreditga taqiq” xizmati orqali (Android, iOS va Huawei AppGallery);
- Kredit byurosining veb-saytida şaxsiy kabinet yoki Call-markaz (+998 712034747) orqali;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Kredit bitimini tuzişga taqiq qöyiş yoki taqiqni olib taşlaş” xizmati orqali;
- Davlat xizmatlari markazlari orqali.