AQŞ Özbekistonga soya va paxta yetkazib beradi
7-11-2025, 08:19
219 марта

AQŞ Özbekistonga soya va paxta yetkazib beradi
AQŞdan Özbekistonga soya va paxta yetkazib beriladi. Bu haqda bugun, 6 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Vaşington şahrida Amerika Qöşma Ştatlari Savdo vaziri Xovard Latnik bilan ötkazgan muzokarada kelişildi.Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, savdo va investitsiyaviy hamkorlikni faollaştiriş, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi. Köp qirrali Özbekiston – AQŞ munosabatlari izçil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
“Keyingi yillarda tovar ayirboşlaş hajmi 4 barobar köpayib, qariyb 1 milliard dollarga yetdi. Özbekistonda AQŞning 300 dan ortiq kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, sanoat, qişloq xöjaligi, energetika va innovatsiya sohalarida qator yirik kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda”, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.