Sevgisi rad etilgan yigit maşina öğirladi
8-11-2025, 15:31
89 марта

Sevgisi rad etilgan yigit maşina öğirladi
Toşkent şahrida sevgan qizi sovçilarga rad javobini bergani uçun alamidan maşina olib qoçgan yigit 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Toşkent şahar Bektemir tumani Içki işlar bölimi huzuridagi Tergov bölimi tergovçisi, katta leytenant Şohruh Bozorovning iş yurituvi asosida poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.“Sevgan qizimga sovçi yuborsam, sovçilarga rad javobini berişibdi. Bundan rosa jahlim çiqdi. Öqisam, işlasam, içmasam, çekmasam, aqli-huşim joyida bölsa... Mendeklarni kunduzi çiroq yoqib topib bölmaydi-ku, bularning nozu firoğiga ölamanmi?! Bir sirasi borib rosa töpolon qilgim keldi-yu, ammo zörğa özimni bosdim. Biroz jahlimdan tuşiş uçun köçaga çiqib ketdim. Aylanib yursam, bank oldida turgan Lacetti avtomaşinasiga közim tuşdi. Qarasam, eşiklari oçiq. Kaliti öt oldirgiçda. Xayolimga bir minib köçasidan ötib, özimni körsatib, hammasini hayron qoldirgim keldi”, deb körsatma bergan tergov jarayonida yigit.Qayd etilişiça, 2024 yilning 23 aprel kuni soat 15:00 larga yaqin R.M. A.A.ga tegişli bölgan Lacetti avtomaşinasini olib qoçib, özi yozganidek, “özini körsatib qöymoqçi bölib” qizning uyi tomon haydab ketayotganida, svetoforga töxtaganda öylanib qolgan. Qilgan qilmişidan puşaymon bölib, avtomaşinani şu yerda yöl çetiga qoldirib ketgan. Biroq darhol içki işlar organlariga xabar bermagan. U tonggi soat 06:30 larda 102 ga qönğiroq qilgan. Lacetti egasi bu vaqtda maşinasi olib qoçilganidan bexabar bölgan. Avtomaşina beşikast, beziyon egasiga qaytarilgan.
Jinoyat işlari böyiça Bektemir tuman sudida 1995 yilda tuğilgan R.M.ning işi qonunan körib çiqilgan. U Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) bilan aybli deb topilgan. Uning aybiga töliq iqrorligi, puşaymonligi, avtomaşinani beşikast egasiga yetkazgani inobatga olinib, unga nisbatan 4 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.