USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistondagi 18 ta bank 102 mln sömdan jarimaga tortildi

431 марта

Özbekistondagi 18 ta bank 102 mln sömdan jarimaga tortildi

Özbekistonda davlat tili va oşkoralik talablari buzilgani uçun 18 ta bank 102 million sömdan jarimaga tortildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Malum qilinişiça, Markaziy bank tomonidan 2025 yil sentyabr–oktyabr oylarida tijorat banklarining rasmiy veb-saytlari monitoringdan ötkazildi. Monitoringning asosiy maqsadi — moliyaviy xizmatlar istemolçilari uçun axborotlar oşkor etilişi böyiça qonunçilik talablariga rioya etilişini hamda foydalanuvçilarning töliq va işonçli malumot oliş huquqi taminlanişni tekşirişdan iborat böldi. Monitoring natijasida qator kamçiliklar va qonunbuziliş holatlari aniqlangan.
Jumladan, “Özbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi qonun talablariga rioya etilmasdan ayrim banklarning veb-saytlarida malumotlar davlat tilida joylaştirilmagani aniqlandi. Bundan taşqari, axborotlarni oşkor etiş böyiça qonunçilik talablariga rioya etilmagan holda ayrim banklarning veb-saytlarida kredit taminotiga qabul qilingan garov mulklarini kreditning asosiy qarzi qoldiğiga mutanosib ravişda bosqiçma-bosqiç garovdan çiqariş tartibi joylaştirilmagani malum böldi.
Xususan, Agrobank, Anor bank, Hayot bank, Universal bank, Garant bank, Asakabank, Turonbank, Infinbank, Mikrokreditbank, Trastbank, Madad Invest bank, Saderat Bank, Orient Finans Bank, Ipoteka-bank, Tenge Bank, Ziraat Bank Uzbekistan, AVO Bank va Open bank kabi banklarning rasmiy veb-saytlarida yuqorida qayd etilgan tartib joylaştirilmagani kuzatilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: