Şavkat Mirziyoyev şifokorlar antibiotiklarni pala-partiş qöllab kelayotganini tanqid qildi
10-11-2025, 18:22
225 марта
Şavkat Mirziyoyev şifokorlar antibiotiklarni pala-partiş qöllab kelayotganini tanqid qildiŞavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uçraşuvida bolalarga antibiotiklarni pala-partiş qöllab kelinayotgani tanqid qilindi.
Qayd etilişiça, oxirgi beş yilda oşqozon kasalliklari 1,5 barobar qisqargan bölsa-da, Qaşqadaryo va Navoiyda deyarli özgariş bölmagan. Yakkaboğda şifokorlarga bölgan murojaatlarning 33 foizi, Ğuzorda 29 foizi, Koson va Mirişkorda esa 25 foizi oşqozon-içak kasalliklari bilan boğliq.
Şifokorlarning aholiga, ayniqsa, bolalarga haligaça antibiotiklarni pala-partiş qöllab kelayotgani tanqid qilinib, tumanlarda vraçlarga qaysi dori mumkin, qaysi biri mumkin emasligini örgatiş işlari sust ekani bildirildi.
Buyrak kasalliklarining uluşi Qoraqalpoğiston, Xorazm, Farğona va Andijonda respublika körsatkiçidan 40—50 foizga yuqori ekani ham oçiqlandi.
Yiğilişda bu kasalliklar yillar davomida kamaymasdan kelayotgani Urologiya va Nefrologiya markazi rahbariyatini xavotirga solişi, ular pastga tuşib, buyrak kasalliklarining oldini olişni örgatişi kerakligi körsatib ötildi.