Çiqindidan qarzdorlar töğridan töğri elektrdan uzilmaydi – vazirlik
12-11-2025, 13:48
178 марта

Çiqindidan qarzdorlar töğridan töğri elektrdan uzilmaydi – vazirlik
Ijtimoiy tarmoqlarda çiqindidan qarzi borlar elektrdan uzilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Qarzdor fuqarolar ogohlantiriş olganidan söng, qarzdorlikni bartaraf qilmagan taqdirda, elektr energiyasi uçun tölov qilolmaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.Vazirlikka köra, çiqindidan qarzi bor istemolçi töğridan töğri elektr taminotidan uzilmaydi. Aksinça, çiqindidan qarzdor istemolçilar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqamidan SMS xabarnoma orqali ogohlantirilgandan keyin 5 kun içida qarzdorlik bartaraf etilmasa, uşbu abonentning elektr energiyasi uçun tölov qiliş imkoniyatiga vaqtinça çeklov örnatiladi.
Qayd etilişiça, istemolçi tomonidan çiqindidan qarzdorlik bartaraf etilişi bilanoq vaqtinçalik çeklov darhol yeçiladi.