Xorijda olingan diplomlarni tan oliş böyiça yangi qonun imzolandi

Oliy talimga oid malakalarni tan oliş töğrisidagi global konventsiya (Parij, 2019 yil 25 noyabr) – oliy talim malakalarini xalqaro tan olişni tartibga soluvçi hujjat hisoblanib, talaba va mutaxassislarning çet elda olingan diplomlarini boşqa mamlakatlarda adolatli va şaffof ravişda tan olişga xizmat qiladi.
YuNESKO rasmiy sahifasida mavjud malumotlarga tayanilsa, hozirgaça 38 davlat uşbu Konventsiyani ratifikatsiya qilgan. Ular orasida Buyuk Britaniya (90 ta universiteti TOP-1000 talikka kiradi), Yaponiya (47 ta), Frantsiya (35 ta), Finlandiya (9 ta) va Şvetsiya (8 ta) kabi davlatlar mavjud.
Konventsiyaning asosiy maqsadi – milliy talim tizimlarining global hamjamiyatga integratsiyalaşuvi uçun şart-şaroitlarni yaxşilaş, oliy talim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rağbatlantiriş, mutaxassis va talabalar mobilligini kengaytiriş hamda talim standartlarini uyğunlaştirişdan iborat.
Konventsiya bir qança muhim tamoyillarga tayanadi. Birinçidan, har bir malaka yoki olingan daraja (diplom) aniq meyorlarga asoslanib baholanişi va tan olinişi kerak.
Ikkinçidan, muayyan sababga köra, töliq diplom tan olinmagan taqdirda, öqilgan fanlar yoki kreditlar qisman tan olinişi lozim.
Uçinçidan, malumotlardan erkin foydalaniş, yani davlatlar öz oliy talim tizimi va universitetlari haqida keng jamoatçilik uçun malumot taqdim etişi şart.
Bundan taşqari, Konventsiyaga azo davlatlar özaro bir-biri bilan hamkorlik qilib, talabalar va olimlar mobilligi uçun şart-şaroitlarni yaxşilab borişi lozim.
Konventsiyaga qöşiliş Özbekiston uçun qanday imkoniyatlar beradi?
Konventsiyaning ratifikatsiyasi bir qator imkoniyatlar yaratişi mumkin. Jumladan, çet el diplomlarini tan oliş osonlaşadi. Xorijda tahsil olgan talaba va mutaxassislar özlarining xorijda olgan diplomlarini yoki malakalarini adolatli va tezroq tan oldirişga erişişlari mumkin böladi. Bundan taşqari, konventsiya ratifikatsiya qilinişi talabalar va olimlarning mobilligi kengayişiga xizmat qilişi, yani butun dunyo böylab talim va ilmiy tadqiqotlarni erkin davom ettiriş imkoniyati oşişirişi mumkin.
Şuningdek, Özbekiston universitetlari xalqaro hamkorlikni kuçaytirgan holda qöşma diplom dasturlari, ilmiy loyihalar va xalqaro konferentsiyalar faoliyati yanada rivojlanadi. Bu öz navbatida universal tamoyillarni joriy qiliş orqali milliy oliy talim tizimining xalqaro standartlarga moslaşişiga va raqobatbardoşligi oşişiga xizmat qilişi mumkin.
Şunday qilib, Konventsiya nafaqat Özbekiston yoşlari va mutaxassislariga global miqyosda öqiş va ilmiy tadqiqot imkoniyatlarini kengaytiradi, balki milliy talim tizimini xalqaro maydonga olib çiqişga xizmat qiladi. Konventsiyani ratifikatsiya qiliş orqali Özbekiston xalqaro talim hamjamiyatida işonçli hamkor sifatida tan olinadi.