Özbekistonliklar Rossiyada şaxsiy maşinalari uçun milliy "prava"dan foydalanişlari mumkin — elçixona
18-11-2025, 20:55
281 марта
Özbekistonliklar Rossiyada şaxsiy maşinalari uçun milliy "prava"dan foydalanişlari mumkin — elçixonaAvvalroq, endi faqat rus tili davlat tili bölgan mamlakat fuqarolari taksistlik qilişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Rossiyadagi Özbekiston elçixonasi malumot berdi.
Sönggi kunlarda Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin şunday malumot berdiki, endilikda Rossiyada faqat rus tili davlat tili hisoblangan mamlakatlarning huquqlari amal qiladi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab böldi. Foydalanuvçilar taxmin qilişiça, endi özbekistonliklar Rossiyada haydovçilik guvohnomasiz qolib, imtihonlarni “noldan” topşirişlariga töğri kelişi mumkin.
Biroq Rossiyadagi Özbekiston elçixonasi takidlaşiça, xorijiy haydovçilik guvohnomalarini tan oliş sohasidagi qonunçilik özgarişlari munosabati bilan, amaldagi milliy haydovçilik guvohnomalari fuqarolarga Rossiya hududida şaxsiy transport vositalarini boşqariş uçun işlatiş imkonini beradi.
Şu bilan birga, kasbiy faoliyat (taksi, yuk taşiş, yölovçi taşiş va h.k.) uçun Rossiya tomoni rus haydovçilik guvohnomasini olişni talab qiladi, bu esa belgilangan tartibni bajarişni közda tutadi.
«Özbekiston elçixonasi Rossiya hokimiyatlari bilan doimiy aloqada bölib, fuqarolarning huquqlari va manfaatlariga tegişli barça özgarişlar haqida malumot berib bormoqda», — deb xabar berilgan diplomatik vakillik tomonidan.