Rossiyada ayrim migrantlarning bolalari til imtihonidan ozod qilinişi mumkin
29-10-2025, 10:31
168 марта

Rossiyada ayrim migrantlarning bolalari til imtihonidan ozod qilinişi mumkin
Rossiya Davlat dumasiga yangi qonun loyihasi kiritildi. Unda rus tili ona tili bölgan xorijiy fuqarolarning farzandlarini maktabga kirişdan oldin ötkaziladigan rus tili testidan ozod etiş taklifi ilgari surilgan. Bu haqdagi hujjat Davlat dumasining elektron bazasida elon qilingan.Qonun loyihasi mualliflari Kommunistik partiya deputatlari Mixail Matveyev, Oleg Mixaylov va Sergey Obuxov sanaladi.
“Rus tili ona tili bölgan va madaniy jihatdan Rossiyaga yaqin bölgan xorijiy fuqarolarning, jumladan, qaytib kelayotgan vatandoşlarning bolalarini rus tili bilim darajasini aniqlaş böyiça majburiy testdan ötkaziş amaliy manoga ega emas”, deyiladi qonun loyihasida.Loyihaga köra, rus tili testidan ozod etiş tartibini Rossiya Talim vazirligi belgilaydi.