Özbekistondagi ayrim suv havzalarining nomi özbekçalaştirildi
18-11-2025, 21:32
167 марта
Özbekistondagi ayrim suv havzalarining nomi özbekçalaştirildiÖzbekistondagi ayrim daryolar, soylar, köllar, buloqlar, şarşaralar, suvomborlari va sel suvomborlarining davlat tiliga muvofiq röyxati tasdiqlandi. Bu haqda hukumatning joriy yilning 10 noyabr kuni qabul qilingan “Suv xöjaligi sohasidagi ayrim geografik obektlarning nomlarini davlat tili qoida va meyorlariga muvofiqlaştiriş hamda yangi nom beriş töğrisida”gi qarorida keltirilgan.
Mazkur röyxatdagi 130 ta suv obektlarining nomlari davlat tili qoida va meyorlariga muvofiqlaştirilgan. Masalan, Akşakul – Oqçaköl, Sarikamiş – Sariqamiş, Kovukkul – Ğovukköl bölib özgargan. Şuningdek, ayrim suv havzalarining nomi yangilangan. Xususan, endilikda Namangan viloyatining Uyçi tumanidagi Sassiqsoy nomli sel suvombori Şörsuv, Yangiqörğondagi Gaiston sel suvombori Yangiqörğon, Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Jinnidaryo nomli daryo Zöğatasoy deb nomlanadi.
Suv xöjaligi vazirligi 2 oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda daryolar, soylar, köllar, buloqlar, şarşaralar, suvomborlari va sel suvomborlari nomlarining davlat tili qoida va meyorlariga muvofiqlaştirilişi hamda yangi nom berilişi munosabati bilan tegişli hujjatlar, xaritalar, malumotlar bazalariga özgartirişlar kiritilişini taminlaydi.