Yaqin ön yillikda Özbekistonda aholining doimiy ösiş surati pasayadi
22-11-2025, 21:34
315 марта

Yaqin ön yillikda Özbekistonda aholining doimiy ösiş surati pasayadi
2019-2024 yillarda mamlakat aholisi soni 33,3 million nafardan 37,5 million nafargaça oşdi (örtaça yillik ösiş — 2 foiz). 2040 yilga kelib bu ösiş surati yillik 1,2 foizgaça pasayişi taxmin qilinmoqda.Bu haqda Prezidentning «Özbekiston Respublikasida uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni matnida gap boradi.
Demografik prognozlarga köra, aholining doimiy ösiş surati yillik 1,7 foiz bölgan holda 2040 yilda aholi soni 49,5 million nafarga yetadi.
Uşbu davrda uy xöjaliklarining tarkibi, aholining yoş böyiça tuzilişi hamda uy-joy va ijtimoiy infratuzilmaga bölgan ehtiyoji sezilarli darajada özgaradi.
Jumladan, uy xöjaligining örtaça tarkibi 5 nafardan 4,7 nafargaça kamayib, ularning umumiy soni 7,5 milliondan 9,8 milliongaça köpayişi natijasida har yili kamida 150-160 mingta yangi uy-joy qurilişi talab etiladi. Maktab yoşidagi bolalar soni 2,6 million nafarga köpayib, bu 3 mingta maktab qurilişini talab qiladi.
Şuningdek, talabalik yoşidagi yoşlar soni 1,2 million nafarga ortgani sababli talabalar turar joylari va ijara uylariga ehtiyoj ortişi kutilmoqda. Mehnatga layoqatli aholi soni 3 million nafarga köpayib, bu korporativ va xizmat uy-joylariga bulgan talabni ham kuçaytiradi.