USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urganç paxta tozalaş zavodining ajralib çiqişi

571 марта
Urganç paxta tozalaş zavodining ajralib çiqişi

XIX asrning oxiri XX asr boşlarida Xorazm vohasining şahar va qişloqlarida işga tuşirilgan kamquvvat paxta tozalaş korxonalari ötgan asrning 30 – yillariga kelib zamonaviy işlab çiqariş korpuslari, yangi jihozlar bilan qurollantirilib xalq xöjaligining yetakçi tarmoğiga aylantirildi.
Bu davrda tarmoqni tayyor xom aşyo paxta hosili bilan taminlab turuvçi yakka xöjaliklar kolxozlarga birlaştirilib respublika va viloyatdagi paxta tozalaş zavodi töla quvvat bilan işlaşga ötdi. Markaziy hukumat paxtakor dehqonlarni oz bölsada mineral öğit, texnika bilan taminlab, mukofot tariqasida kerosin, çaqmoq qand, sovun, yoğ, etik-kovuş, töqimaçilik mahsulotlari, patefon, velosiped beriladigan böldi. Natijada 1933 yilda şörolar hukumati paxta mustaqilligiga erişdi. Paxtakor respublikalar Özbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozoğistonning janubi va Qirğizistonning Öş viloyatidan taşqari Ozarbayjon respublikasi, Çernigov, Stavropol ölkasi dalalarida ham çigit ekilib, gektar boşiga 10-12 tsentnerdan hosil yiğib olindi. Özbekiston mamlakatda yetiştiriladigan paxta hosilining 50 foizini berardi.

Agar 1913 yilda Özbekistonda 429 ming gektar yerga çigit ekib, 522 ming tonna paxta hosili olingan bölsa, 1933 yilda gektar boşiga 12,2 tsentnerdan hosil olinib 1 million tonna, 1973 yilda 5 million 350 ming tonna paxta hosili yiğiştirib olindi. Şu jumladan, Xorazm viloyatida 1933 yilda 100 ming, 1973 yilda esa 340 ming tonna paxta yiğib terib olindi.
Bu öz navbatida respublikada paxta tozalaş sanoatini jadal suratlar bilan rivojlantirişni taqozo qilardi. Markaziy hukumat Özbekiston paxta tozalaş va yoğ işlab çiqariş zavodlarini qayta quriş, ixtisoslaştiriş böyiça maxsus qaror qabul qildi. Qarorga binoan okrugda aralaş (kombinirovanniy) holda işlayotgan 4 ta paxta yoğ zavodlariga ixtisoslaştiriş maqomi (status) berildi. Şu tufayli Urganç şahrining Şovot kanali böyidagi (hozirgi “Avesto” boğ-majmuasi örnida) 26 gektarlik yer maydonida zamonaviy paxta tozalaş zavodi qurilib 1930 yilda işga tuşirildi.

Yangi iş boşlagan paxta zavodiga “Krasniy Oktyabr” korxonasidagi jihozlar köçirib örnatildi. Ikki zavod oraliğida 1,8 km. uzunlikdagi temir yöl şoxobçasi qurilib uning vagonlari ot, eşak, hökiz kuçi bilan tortilardi.
1934 yilga kelib temir yölning uzunligi 13 km.ga yetkazildi va Amudaryoning Çoliş pristanigaça olib borildi. Tayyor xom aşyo kemalarga yuklanib avvalgidek Çorjöy yoki Orol orqali Rossiya töqimaçilik korxonalariga jönatilib turildi.
Urganç paxta tozalaş zavodiga dastlabki yillarda Dmitriy Ivanoviç Pozdnyakov, Ğani Karimovlar rahbarlik qildilar. Zavod Urganç, Şovot, Qöşköpir tumanlaridan paxta xom aşyosini qabul qilib qayta işlardi. Ikkinçi jahon uruşi yillarida paxta yetiştiriş keskin kamayganligi tufayli zavodda mehnat unumdorligi ikki barobariga qisqardi. Korxonaning yuragi hisoblangan ikki batareyali dastgohdan biri butunlay töxtab qoldi. Uruşdan keyingi ötgan beş yillikda korxona yana qaddini rostlab zamon talablariga mos işlay boşladi. Viloyatning Şovot, Monoq, Böyraçi, Gurlanning Yangibozor, Qöşköpirning Xosiyon qişloqlarida Urganç paxta tozalaş zavodining tayyorlov punktlari işga tuşirildi. Bular Özbekistondagi 102 paxta tozalaş zavodlari, 455 paxta punktlari qatorida eng zamonaviy dastgohlar, transportirovka vositalari bilan jihozlantirildi.

Korxonani zamonaviy dastgohlar bilan jihozlaş, modernizatsiya qiliş, yangi işlab çiqariş korpuslariga köçiriş lozim edi. 1980 yilda zavod yangi binoga köçirildi va unga 1975 yildan buyon Şovot paxta zavodiga rahbarlik qilib kelayotgan Jumaniyoz Solayev direktor etib tayinlandi. Uning say-harakatlari bilan korxona atroflari obodonlaştirildi, dam oliş xonasi, çoyxona işga tuşirildi. Yangi texnika va ilğor texnologiya joriy etilib işçi-xizmatçilar soni 800 kişiga yetkazildi. Korxona korpuslari “Urganç yoğ-moy” kombinati bilan yonma-yon joylaştirilgani ayni muddao böldi. Ular xuddi bir ota-onaning inoq farzandlari kabi faoliyatini davom ettirdilar. 1990 yilda Xorazmning ilk sanoat korxonasiga asos solinganligining 100 yilligi nişonlandi.
1990-2005 yillarda paxta zavodi yanada kengaytirildi, yangi avtomatik dastgohlar “RB-bunt” rusumli uskunalar örnatildi. Işçi-xizmatçilarning xordiq çiqariş va davolanişlari uçun sanatoriy-profilaktoriy işga tuşirildi, favvoralar örnatilib bolalar boğçalari foydalanişga topşirildi. Natijada mehnat unumdorligi 2-3 marta oşib korxona öndan ortiq xorijiy mamlakatning töqimaçilik fabrikalariga öz mahsulotlarini eksport qiladigan böldi.

Korxonada Karim Qalandarov, Öğiljon Qurbonova, Xudoybergan Saidov, Talğat Sobirjonov, Abdulla Yoqubov, Zoloy Garkeyev, Dmitriy Ligay, Şarifboy Xöjayev singari işçi-xizmatçi va rahbar xodimlar faoliyat körsatdilar.
Tabiiyki, har qanday uskuna işlab çiqariş texnikasi yangi dastgoh (stanok va potok liniyalari) bilan jihozlanib borsagina zamon talablariga mos işlay oladi.

Respublika hukumatining maxsus qarori bilan “Özpaxtasanoat” birlaşmasining taklifiga köra Urganç paxta tozalaş zavodi Xonqa şaharçasidagi zavod bilan birlaştirilib – yiriklaştirildi. Uning örniga “Urganç şarobi” hissadorlik jamiyati köçirildi. Sobiq zavodga qaraşli paxta tayyorlaş punkti avvalgidek yon-atrofdagi fermer xöjaliklar yetiştirgan paxta xom aşyosini qabul qilib kelmoqda.

Изоҳ қолдириш

    • Илҳом 24 Noyabr 2025 19:20
      Тельман рахбарлиги тугрисида хам маьлумот берсангиз

Мавзуга алоқадор: