Prezident Samarqandga taşrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilişdan boşladi
25-11-2025, 15:19
286 марта

Prezident Samarqandga taşrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilişdan boşladi
Şavkat Mirziyoyev 25 noyabr kuni ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonlari bilan tanişiş hamda kelgusidagi vazifalarni faollar iştirokida belgilab oliş uçun Samarqand viloyatiga taşrif buyurdi.Davlat rahbari Samarqandga taşrifini taomilga köra, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiliş bilan boşladi. Quron tilovat etilib, duo öqildi.
Prezident taşabbusi bilan mazkur majmua buyuk muhaddis bobomizning islom olamida tutgan yuksak mavqei, ulkan salohiyatiga munosib tarzda qaytadan bunyod etildi. Umumiy maydoni 45 gektarni taşkil etadigan hududda ulkan maqbara, 10 ming kişilik masjid va mamuriyat binosi, muzey, kiriş va çiqiş ayvonlari qurildi. Ziyoratgohning 4 burçagidagi 75 metrlik minoralar unga mahobat bağişlagan.
Bu joy faqat ziyorat emas, ilm-marifat, tarbiya va ibrat maskani bölişi, Imom Buxoriyning buyuk izlanişlari, bilimi hamda kamoloti ziyoratçilar, ayniqsa, yoşlar uçun ezgu namuna bölişi kerakligi etiborga olinib, majmuada innovatsion muzey taşkil etildi. U islom olamida muhaddislar sultoni deya etirof etilgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom marifati rivojiga qöşgan hissasini namoyon etadi.
Majmua avval bir kunda 12 ming ziyoratçiga xizmat körsatgan bölsa, hozir 65 ming nafar mehmonga xalqaro standartlarga mos xizmat körsatiş imkoniyati yaratilgan.
Bundan taşqari, hududda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi joylaşgan.
Ziyoratgoh atrofida 570 milliard mablağ sarflanib, mehmonxonalar va savdo-servis nuqtalari taşkil etildi. Bunda 1 ta tört yulduzli, 2 ta uç yulduzli hamda 22 ta oilaviy mehmon uyi qurilgan. Mazkur obektlar töliq kommunikatsiya tarmoqlari bilan taminlanib, hududi obodonlaştirilgan. 2026 yilga qadar hududda kökalamzorlaştiriş işlarini amalga oşiriş hamda avtoturargohlarni taşkil etiş rejalaştirilgan.
Davlat rahbari Imom Buxoriy ziyoratgohi xalqimizning boy manaviy merosi va bunyodkorlik salohiyatining yorqin namunasi bölganini takidlab, majmuada ayni paytda olib borilayotgan sönggi obodonlaştiriş işlarini sifatli va öz vaqtida bajariş yuzasidan masullarga topşiriqlar berdi.