Inson içki azolari savdosi bilan şuğullangan jinoiy guruh yetakçisi jazolandi
11-12-2025, 10:15
1 492 марта
Inson içki azolari savdosi bilan şuğullangan jinoiy guruh yetakçisi jazolandiToşkent şahri va Toşkent, Farğona, Buxoro hamda Qaşqadaryo viloyatlarida yaşovçi 12 nafar kişi odamlarning içki azolarini sotiş bilan şuğullangani uçun jazoga tortildi.
Toşkent şahri va Toşkent, Farğona, Buxoro hamda Qaşqadaryo viloyatlarida yaşovçi 12 nafar fuqarodan iborat jinoiy guruh ijtimoiy tarmoqlar orqali buyrak va jigar kasalliklaridan aziyat çekayotgan bemorlarni topib va soğlom fuqarolarni mömay pul evaziga öz organini sotişga qiziqtirib, çet eldagi tanişlari yordamida şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarni qalbakilaştiriş orqali ularni göyoki qarindoş sifatida körsatib, qöşni davlatlarning biridagi xususiy klinikada jarrohlik amaliyotlarini amalga oşirişgan.
Uyuşgan jinoiy guruhning 2023-2025 yillardagi faoliyati davomida 32 nafar bemorga buyrak yoki jigar töqimalari köçirib ötkazilgan.
Öz navbatida, bemorlardan olingan katta miqdordagi pul mablağlarining malum bir qismi operatsiya uçun xususiy klinikaga hamda donorlarga berilgan, qolgani esa özaro taqsimlangan.
Şuningdek, jarrohlik amaliyotidan keyin soğliqlarida ijobiy özgariş bölmagan bemorlarga oğriqni qoldiriş maqsadida jinoiy guruh tomonidan kuçli tasir qiluvçi dori vositalari qimmat narxlarda sotilgan.
Jinoiy guruhning asosiy azosi Jinoyat kodeksi 133-prim 1-moddasi ikkinçi qismining “a”, “b” bandlari, Jinoyat kodeksi 228-moddasi ikkinçi qismining “a”, “b” bandlari va Jinoyat kodeksi 228-moddasining uçinçi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan. Sudlanuvçiga tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil ötaşi uçun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaşi belgilangan.