Ekohududlarda turistik söqmoqlar taşkil qilinadi
11-12-2025, 15:42
85 марта

Ekohududlarda turistik söqmoqlar taşkil qilinadi
Hukumatning778-son qarori bilan «Ekohududlarda turistik söqmoqlarni taşkil qiliş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.Nizom davlat qöriqxonalarining bufer zonalari, milliy tabiat boğlari, pitomnik, örmon va örmon-ov xöjaliklari, toğli va çöl hududlarida (ekohududlar) turistik söqmoqlarni taşkil qiliş tartibini belgilaydi.
Nizomga köra, balansda saqlovçi turistik söqmoqni taşkil qiliş uçun tegişliligi böyiça Turizm qömitasining hududiy bölinmasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga turistik söqmoq töğrisida malumotnoma, xaritasi, foto va video tasvirlar ilova qilinadi.
Ariza kelib tuşgan kundan boşlab 10 iş kuni içida körib çiqiladi.
Hududiy bölinma turistik söqmoqning belgilangan talablarga javob berişini joyiga çiqqan holda örganib çiqib, natijasi böyiça 2 nusxada dalolatnoma tuzadi.
Turizm qömitasi hududiy bölinma tomonidan yuborilgan hujjatlarni 2 iş kuni içida körib çiqib, turistik söqmoqni Turistik söqmoqlarning yagona reyestriga kiritadi.
Yagona reyestrga kiritilgan turistik söqmoqlar taşkil etilgan hisoblanadi.
Balansda saqlovçi turistik söqmoq reyestrga kiritilgan kundan boşlab 1 oy içida uning kiriş nuqtasida pasporti va xaritasi hamda belgilangan axborot belgilarini örnatadi.