Özbekiston va Turkmaniston Prezidentlari köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirişga qatiy intilişni tasdiqladilar
11-12-2025, 22:10
187 марта
Özbekiston va Turkmaniston Prezidentlari köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirişga qatiy intilişni tasdiqladilar Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Aşxobod şahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uçraşuv ötkazdi.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti va qardoş xalqini mamlakat betarafligi elon qilinganining 30 yilligi, uşbu muhim sanaga bağişlangan xalqaro forum yuqori saviyada taşkil etilgani hamda 2025-yil “Xalqaro tinçlik va işonç yili” deb elon qilingani bilan samimiy tabrikladi.
Turkmaniston Prezidentining yaqinda bölib ötgan Özbekistonga davlat taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – Turkmaniston strategik şerikligini yanada kengaytirişga alohida etibor qaratildi.
Yil boşidan buyon tovar ayirboşlaş qariyb bir milliard dollarga yetdi. “Şovot-Toşhovuz” çegaraoldi savdo zonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Yuk taşiş hajmi 30 foizga oşdi, jumladan, Turkmanboşi porti orqali yetkazib beriş faollaşdi. Faol gumanitar va hududlararo almaşinuvlar davom etmoqda.
Hukumatlararo komissiya, Işbilarmonlar kengaşi va Hududlar forumining bölajak yiğilişlarida savdo hajmini karrasiga oşiriş hamda iqtisodiyot tarmoqlari, xususan, energetika, qişloq xöjaligi, transport va boşqa sohalarda qöşma loyihalarni samarali ilgari suriş böyiça tasirçan çoralar köriş muhimligi takidlandi.

