USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Qamçiq”da 16 yoşli qiz ziplayndan tuşib ketişi ortidan jinoiy iş qözğatildi

417 марта

“Qamçiq”da 16 yoşli qiz ziplayndan tuşib ketişi ortidan jinoiy iş qözğatildi

“Qamçiq” dovonida 16 yoşli qiz ziplayndan tuşib ketgandi. Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Pop tuman IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan jinoiy iş qözğatildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şoxrux Ğiyosov malum qildi.


Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Attraktsion egasi – tadbirkor öz taşabbusi bilan uni vaqtinça yopgan.

“Hozirda uşbu attraktsionda tamirlaş işlari olib borilayotgani haqida aniq malumot yöq. Ehtimol, profilaktika işlari ötkazilayotgandir yoki mavsum yakunlangani sababli faoliyati töxtatilgandir. Bunday holatlarda tadbirkor faoliyatini qaysi sabab bilan töxtatganini özi belgilaydi”, deydi Berdiyev.

Şuningdek, uning aytişiça, uşbu attraktsion A nuqtadan B nuqtaga tros böylab pastga qarab harakatlanişga möljallangan bölib, u malum bir qiyalik burçagida – odatda 14-15 daraja atrofida örnatiladi. Mazkur burçak attraktsion böylab harakat töxtab qolmasligi uçun belgilanadi.

Ziplaynda harakat foydalanuvçining oğirligi va inertsiya kuçi hisobiga amalga oşadi. Şu sababli foydalanuvçining vazni muhim ahamiyatga ega: u juda yengil ham, juda oğir ham bölmasligi kerak. Odatda ruxsat etilgan vazn 50 kilogrammdan 120 kilogrammgaça böladi. Texnik talablar har bir attraktsionda joylaşuviga va konstruktsiyasiga qarab farqlanişi mumkin.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: