USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda elektromobillar importi keskin qisqardi

460 марта

Özbekistonda elektromobillar importi keskin qisqardi

2025 yil noyabrda Özbekistonga elektromobillar importi oxirgi beş oydagi eng past darajaga tuşdi. Bu haqda Bojxona qömitasi veb-saytida malumot berilgan.

Raqamlarga köra, ötgan oyda mamlakatga jami qiymati 68,2 million dollarlik 4 597 dona elektromobil import qilingan. Taqqoslaş uçun, oktyabrda xorijdan 6 933 dona, sentabrda 11 534 ta elektromobil olib kelingan.


Respublikaga elektrda harakatlanuvçi avtomobillar importi 2025 yil iyuldan sezilarli ösa boşladi. Jumladan, iyunda çet eldan 4560 dona elektromobil olib kelingan bölsa, iyulda bu raqam 7204 donani, avgustda 8071 donani taşkil etgan.

Noyabr oyida import qilingan elektromobillar har bir donasining örtaça qiymati keskin oşganini köriş mumkin — 14,8 ming dollar. Mazkur qiymat oktyabrda 10,3 ming dollardan töğri kelgandi. Bundan bir yil ilgari — 2024 yil noyabrda esa har bir dona elektormobil narxi 6,1 ming dollardan tuşgan. 

Yillik hisobda taqqoslansa, 2025 yil yanvar-noyabr oylarida Özbekistonga umumiy qiymati 612,2 million dollarlik 51 856 dona elektromobil import qilingan. 2024 yil mos davrida bu körsatkiç 24 091 dona bölgan (224,7 million dollar). Yani yillik import hajmi ikki baravardan yuqori ösgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: