Özbekistonda dori vositalarini retseptsiz sotganlik uçun javobgarlik kuçaytirilişi mumkin
15-12-2025, 12:11
164 марта

Alişer Qodirovning aytişiça, farmatsevtika bozorida foyda olişni odamlar salomatligidan ustun qöyadigan insofsiz biznes amaliyotlari şakllangan.
"Milliy tiklaniş" partiyasi yetakçisi Alişer Qodirov dori vositalarini retseptsiz sotganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş böyiça taklif tayyorlanayotganini malum qildi.
"Juda katta farmatsevtika biznesi bor. Uning hisobiga pul işlaşadi. Odamlarning salomatligi esa birinçi darajali masala emas. Asosiysi - dori sotiş. Dori sotiş, dori sotiş... Buni özimiz bevosita amalda körganimiz uçun aytayapmiz.
Masalan, qandli diabet kasalligini olaylik. Agar qandli diabet bilan oğrigan odamda heç bölmaganda bitta yara paydo bölsa, u qattiq azob çekadi. Mana şunday bir bemorni davolaş uçun unga 5-6 mln sömlik dori-darmon yoziladi. Buni öz közimiz bilan körib turibmiz: viloyatlardan odamlar kelib, ularga dori-darmon yozib berişadi, şundan söng ular bu qandli diabet bilan birga ölişga ham tayyor.
Bu 5 mln lik dorilar tarkibiga nimalar kirişini körsangiz, BADlar - biologik faol qöşimçalar bölib çiqadi. BADlarning diabetga qanday aloqasi bor? "U yerda" ötirgan odamlar aynan dori-darmon biznesi bilan şuğullanadi. Bazi dorilar odamga tetiklik hissini bersa, bazilari yana nimadir berişi mumkin... Bilmadim, hozir gap bu haqda emas. Gap Özbekistonda kasal odamni tovarga aylantiriş tuşunçasining özini yöq qiliş kerakligi haqida ketmoqda.
Kuçli tasir qiluvçi dori vositalariga kelsak: deputatlar taşabbus bilan çiqqaç, jarimalarni oşirişning özi yetarli emas. Agar "qizil retsept" töxtatsa va tasir körsatsa, demak, dorixonalarda retseptsiz umuman sotib olişning iloji bölmasligi uçun antibiotiklar va umuman barça dorilarni "qizil retsept"ga ötkaziş kerak," - dedi deputat.
Uning qayd etişiça, dori vositalarini retseptsiz sotişni taqiqlovçi tartibning kuçaytirilişi atrofida tarğibot va qarşiliklar köp böladi.