Toşkentga kirişda avtomobilni qoldirib, jamoat transportidan foydalaniş mumkin böladi
16-12-2025, 22:10
66 марта

Toşkentga kirişda avtomobilni qoldirib, jamoat transportidan foydalaniş mumkin böladi
Dekabrning boşida Toşkent şahrida transport boşqaruvini takomillaştiriş va tirbandlikni kamaytiriş böyiça alohida qaror imzolangan edi.Endi yirik megapolislar kabi poytaxtimizda ham transport tizimini yagona yondaşuv asosida boşqaradigan markaz faoliyati yölga qöyiladi. Bu markaz har bir köça, har bir çorrahada transport va piyodalar oqimini suniy intellekt yordamida tahlil qilib, tirbandlik va yöl-transport hodisasining oldini oliş bilan şuğullanadi.
Kelasi yili poytaxtga kirişdagi 2 ta nazorat posti şahar taşqarisiga köçadi, 3 tasi rekonstruktsiya qilinadi. Bu yerlarda kamida 3,5 mingta yuk va 5,5 mingta yengil avtomobil uçun turargohlar hamda aholi uçun kempinglar barpo etiladi.
Asosiysi, bu nuqtalarga jamoat transporti tarmoği boğlanadi. Poytaxtga kelayotgan mehmonlar istasa avtomobilini şu yerda qoldirib, tez va xavfsiz jamoat transportida harakatlanişi mumkin böladi.
Şahar hokimligiga kelgusi yilda yagona boşqaruv tizimiga ega svetoforlar bilan jihozlangan 100 ta «aqlli» çorrahani yölga qöyiş, tadbirkorlar bilan 30 mingta avtomobil töxtaş joyi qurib, 300 ta bekatni rekonstruktsiya qiliş, 40 kilometr piyoda va 20 kilometr veloyölaklar quriş, 100 kilometr yölni tamirlab, Yunusobod va Yaşnobodda yöl ötkazgiç va tunnel barpo etiş topşirildi.
Kelgusi yilda 200 ta elektrobus olib keliş vazifasi qöyildi.