Ekologik ruxsat etilmagan joyda yurgan avtomaşinalarni real vaqt rejimida aniqlaş tizimi yölga qöyiladi
6-12-2025, 13:37
237 марта

Ekologik ruxsat etilmagan joyda yurgan avtomaşinalarni real vaqt rejimida aniqlaş tizimi yölga qöyiladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrida transport tizimini tubdan yangilaşga qaratilgan qarorni imzoladi. Hujjatga muvofiq, Toşkent şahrida intellektual transport tizimi (ITT) şakllantiriladi. Kameralar, sensorlar, svetoforlar, jamoat transporti harakati, navigatsiya, vazn-hajm nazorati va barça xizmatlar yagona platformaga ulanadi.ITT Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasining Situatsion markaziga integratsiya qilinadi. Avtotransport vositalarining ekologik normativlarga mosligi avtomatik baholanadi va ekologik zonasiga mos kelmaydigan transport vositalarini aniqlaş tizimi yölga qöyiladi.
Şuningdek, yöl-transport sohasidagi bir qator vakolatlar 2028 yilgaça huquqiy eksperiment sifatida markazga ötkaziladi. Bu Toşkentda transportni yagona markazlaşgan tizim orqali samarali boşqariş imkonini beradi.
Toşkent köçalari, yöl kesişmalari, köpriklar va yöl ötkazgiçlari böyiça katta infratuzilmaviy dastur amalga oşiriladi: avtobuslar uçun alohida yölaklar, intellektual svetoforlar joriy etiladi, köçalar kompleks tarzda rekonstruktsiya qilinadi.