USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbek migrantlari: ularning mamlakat iqtisodiyotidagi örni qay darajada katta?

263 марта
Özbek migrantlari: ularning mamlakat iqtisodiyotidagi örni qay darajada katta?

Sönggi yillardagi Özbekiston iqtisodiyotining ösişini migrantlar yuborayotgan pullarsiz tasavvur qiliş qiyin. Bu körsatkiç yalpi içki mahsulotning 13 foizdan köproq qismini taşkil etadi. Yuqori maoş tölanuvçi rivojlangan mamlakatlarda mehnat muhojirlari soni köpayayotgani ham umumiy pul ötkazmalari oşişida asosiy omillardan biriga aylandi. Kun.uz Xalqaro mehnat migrantlari kunida çet elda işlayotgan vatandoşlarning Özbekiston iqtisodiyotidagi örniga etibor qaratdi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

BMT Boş assambleyasining taklifiga binoan 2000 yildan buyon har yili 18 dekabr Xalqaro migrantlar kuni sifatida nişonlanadi. 1990 yilning xuddi şu kunida «Mehnat migrantlari va ularning oila azolari huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi xalqaro konventsiya qabul qilingandi. Özbekiston ham çetga mehnat muhojirlarini yöllaş böyiça yetakçi davlatlardan biri hisoblanadi. Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Kun.uz’ga malum qilişiça, ayni paytda mamlakatdan xorijiy davlatlarga işlaş uçun çiqib ketganlar soni 1,8 mlndan köproq. 

Migrantlarning Özbekiston iqtisodiyotidagi örni

Mehnat migrantlari yuborgan pullar uzoq yillardan beri Özbekiston iqtisodiyotida muhim örin tutib keladi va aholi turmuş xarajatlarining sezilarli qismini qoplaydi. Xususan, 2024 yilda mamlakatga 14,8 mlrd dollarlik pul ötkazmalari kirib kelgan. Bu yalpi içki mahsulotning 12,2 foizdan köproq qismini taşkil etadi. Taqqoslaş uçun, ötgan yili Özbekiston eksport qilgan oltinning umumiy qiymati 7,5 mlrd dollar bölgan. 

2017-2025 yillar oraliğida Özbekistonga amalga oşirilgan pul ötkazmalari dinamikasining özgarişi

*2025 yil uçun malumotlar kutilayotgan prognoz körinişida berilgan;

P.S: 2022 yilda Rossiya-Ukraina uruşi fonida Qirğiziston va Tojikistonda malum miqdorda naqd valyuta taqçilligi yuzaga kelib, banklarda ayrim çeklovlar joriy etilgandi. Bunday şaroitda mazkur davlat fuqarolari Özbekistonga valyuta ötkazib, mamlakat banklari orqali naqd pul olib çiqib ketgani aytiladi. Şu sababdan 2022 yilda pul ötkazmalarining favqulodda keskin oşişi röy bergan bölişi mumkin.



Pul ötkazmalari köpinça istemol xarajatlarini qoplaş, talim, soğliqni saqlaş va uy-joy oliş kabi sohalarga sarflanadi, bu esa içki talabni oşiradi va iqtisodiy ösişni rağbatlantiradi. Bundan taşqari, mamlakat valyuta ehtiyojining sezilarli qismi migrantlar jönatgan pul hisobidan qondiriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: