USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşi yiğilişidagi nutqi

113 марта
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşi yiğilişidagi nutqi 

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Avvalambor, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti hurmatli Vladimir Vladimiroviç Putinga mehmondöstlik va bugungi uçraşuvimizni alo darajada taşkil etgani uçun bildirilgan minnatdorlik sözlariga qöşilaman.
Belarus tomonining, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Grigoreviç Lukaşenkoning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga samarali raisligini alohida qayd etmoqçiman. Bu davrda köp tomonlama amaliy hamkorlik yangi surat kasb etdi.

Global bozorlarning tobora parçalanib borayotgani, logistika zanjirlarining murakkablaşayotgani va investitsiya resurslarini taqsimlaşda ustuvor yönalişlarning özgarayotgani şaroitida biz uçun strategik va tabiiy şeriklarimiz bölgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan pragmatik va özaro manfaatli hamkorlikni çuqurlaştiriş prinsipial ahamiyat kasb etmoqda.

Hurmatli yiğiliş iştirokçilari!

Kuzatuvçi davlat maqomidagi hamkorlikning sönggi tört yilida Özbekistonning YoII mamlakatlari bilan taşqi savdo aylanmasi qariyb ikki barobar oşdi.

Iqtisodiy aloqalar tarkibida yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar uluşi ortib borayotgani, kooperatsiya loyihalari kengayib borayotgani barqaror surat körsatayotgani ayniqsa muhimdir.

Bu hamkorlarimiz işlab çiqariş zanjirlarini mustahkamlaşdan çinakam manfaatdorligini aks ettiradi.

Özbekiston Yevroosiyoning asosiy formatlarida faol iştirok etmoqda.

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan savdo, sanoat, moliya, agrar sanoat va transport sohalarida 40 ga yaqin aniq tadbirlarni öz içiga olgan uç yillik reja amalga oşirilmoqda.

Qöşma Işçi guruh formatidagi işlar davom etmoqda: uning beşinçi yiğilişini kelgusi yilda Toşkent şahrida ötkazişni rejalaştirmoqdamiz.

Şuningdek, YoIIning elektron savdoni rivojlantiriş, yuk taşişni raqamlaştiriş va iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş böyiça tarmoq dasturlarida iştirok etmoqdamiz.
Özbekiston va YoII bojxona çegaralari orqali olib ötiladigan tovarlar va transport vositalari töğrisida axborot almaşiş töğrisida bitim tuziş böyiça muzokaralarni boşlaş haqidagi qaror qabul qilinganini olqişlaymiz.

Işonçimiz komilki, transçegaraviy malumotlar almaşinuvi bojxona nazorati samaradorligini oşiriş, keçikişlarni kamaytiriş va transport tizimlarimizning Yevroosiyo yölaklariga integratsiyalaşga xizmat qiladi.
Özbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qöşilişi hamkorlikni mustahkamlaşda muhim bosqiç böldi. Bank bilan birgalikda infratuzilma, energetika, metallurgiya, kimyo va boşqa tarmoqlarda istiqbolli loyihalar portfeli şakllantirildi.

Hurmatli hamkasblar!

YoII bilan hamkorlikni kengaytiriş borasidagi ustuvor yönalişlarimizni qisqaça aytib ötmoqçiman.

Birinçi. Savdo tösiqlarini bosqiçma-bosqiç bartaraf etiş asosiy vazifa bölib qolmoqda.
Texnik jihatdan tartibga soliş, sanitariya va fitosanitariya meyorlari borasidagi yondaşuvlarni yaqinlaştiriş maqsadida MDH va YoII institutlari örtasidagi muvofiqlaştirişni faollaştiriş zarur deb hisoblaymiz.

Ortiqça tartib-taomillarni bartaraf etiş va talablarni birxillaştiriş böyiça “yöl xaritasi”ni işlab çiqiş maqsadga muvofiq.
Texnik jihatdan tartibga soliş, sertifikatlaş va bojxona mamuriyatçiligidagi tafovutlar bilan boğliq masalalarni tezkor hal etiş maqsadida tarif va notarif tösiqlar böyiça “Özbekiston – YoII” qöşma muvofiqlaştiruvçi guruhini tuzişni taklif etamiz.
Ikkinçi. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirişga alohida etibor qaratmoqdamiz.

Maşinasozlik, energetika, agrosanoat majmui, kimyo va boşqa tarmoqlardagi loyihalar röyxatini birgalikda şakllantiriş zarur.
Özbekistonning YTTBga qöşilişi munosabati bilan şeriklikning strategik yönalişlarini birgalikda belgilab oliş hamda ustuvor infratuzilmaviy va “yaşil” loyihalarni, kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaşni qamrab olgan “yöl xaritasi”ni işlab çiqiş maqsadga muvofiqdir.

Işonçimiz komilki, Bank nafaqat moliyalaştiriş manbai, balki integratsiya loyihalariga investitsiyalarni jalb qiliş katalizatoriga aylanişi mumkin.
Uçinçi. Raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kuçaytiriş niyatidamiz.
Raqamli platformalarni, jumladan, elektron tijorat va raqamli markirovkalaşni özaro boğlaş böyiça YoIK bilan “yöl xaritasi”ni tayyorlaşni taklif etamiz.

Bojxona mamuriyatçiligini raqamlaştiriş va yuk taşişning “çoksiz” modeliga ötişni ham ustuvor vazifa sifatida köryapmiz.
Törtinçi. Biz YoIIning biotibbiyot, yangi materiallar, agrotexnologiyalar, energetika va robototexnika kabi yönalişlarni qamrab oluvçi texnologik platformalariga qöşilişdan manfaatdormiz.

Beşinçi. Turizm sohasida integratsiyalaşgan axborot resursini şakllantirişga ham qöşilişga tayyormiz.
Bunday yondaşuv mamlakatlarimiz turistik mahsulotlarining özaro boğliqligini taminlaş imkonini beradi.

Hurmatli döstlar!

Özbekiston YoII bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş tarafdoridir.

Fursatdan foydalanib, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemeleviç Toqayevga Birlaşmaga raislik Qozoğistonga ötişi munosabati bilan muvaffaqiyatlar tilayman.

Barçangizni va birodar xalqlarimizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan yana bir bor samimiy tabriklab, tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tilayman.
Etiboringiz uçun rahmat.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: