USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp özbekistonliklarni Yangi yil bilan tabrikladi

240 марта

Tramp özbekistonliklarni Yangi yil bilan tabrikladi

Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Tramp Özbekiston yetakçisi Şavkat Mirziyoyev va Özbekiston xalqiga özining hamda AQŞ xalqining samimiy salomi hamda tabriklarini yöllab, Yangi yilda baxt-saodat, muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tiladi. U bu tilaklarini bugun, 23 dekabr kuni Özbekiston Prezidenti bilan telefon muloqoti paytida bildirdi.


Şavkat Mirziyoyev ham suhbat avvalida AQŞ Prezidentini yaqinlaşib kelayotgan Yangi yil bayramlari bilan tabriklab, döst Amerika xalqiga tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Prezidentlar oliy darajada erişilgan kelişuvlar ijrosining borişini, şuningdek, Özbekiston – AQŞ strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş istiqbollarini batafsil körib çiqdi.

Özbekiston yetakçisi Prezident Donald Trampning joriy yilda içki va taşqi siyosatda erişgan muvaffaqiyatlariga yuksak baho berib, uning ötkir xalqaro inqirozlar va mojarolarni hal etiş borasidagi samarali say-harakatlarini alohida takidladi.
Ikki tomonlama siyosiy muloqot va almaşinuvlar, ayniqsa, yetakçilar darajasida faollaşib, mamlakatlar örtasidagi strategik şeriklikni rivojlantirişda yangi bosqiçni boşlab bergani va uni aniq mazmun bilan boyitgani mamnuniyat bilan qayd etildi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: