USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda 2026 yil 1 yanvardan nimalar özgaradi?

3 055 марта
Özbekistonda 2026 yil 1 yanvardan nimalar özgaradi?

Homiladorlik va tuğiş nafaqalari hamda kasallik nafaqalarini tölaşning yangi tizimi, tadbirkorlar uçun aylanmadan olinadigan soliq stavkasining pasaytirilişi, tarixiy obektlarning seysmik mustahkamligi monitoringi joriy etilişi, ijtimoiy suğurta - şu kabi yangiliklar yangi yildan kuçga kiradi.

Norma.uz portali xabariga köra, 1 yanvardan milliy qonunçilikda quyidagi özgariş va yangiliklar kuçga kiradi:

1. Ozuqabop va moyli ekinlar yetiştiruvçi xöjaliklarning nasoslari uçun elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.
2. EHFni real vaqt rejimida - tovarlarni yetkazib berişning yagona zanjiri böyiça QQSni hisobga olişda tavakkalçilik darajasiga avtomatlaştirilgan tahlil qilişning yangi tizimi joriy etiladi. Bunda tavakkalçilik darajasi yuqori bölgan EHF hisobot davrida rasmiylaştirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar umumiy sonining 10 foizidan köp bölmasligi lozim.
3. QQSni (qöşilgan qiymat soliğini) hisobga oliş qoidalari tubdan özgaradi.
4. Barça tadbirkorlar hisobot.gov.uz Yagona hisobot tizimi orqali 14 ta davlat organiga 105 turdagi majburiy hisobotlarni yuborişlari mumkin böladi.
5. Milliy statistika qömitasi 2026 yil uçun 47 ta statistika hisoboti şakllarini tasdiqladi. Umuman olganda, 2025 yilda qöllanilgan 64 ta şakldan 17 tasi yöq bölib ketdi (ilgari rejalaştirilganidan 3 ta köp şakl).
6. JŞDS yoki ijtimoiy soliq tölovçilar va fuqarolarning boşqa ayrim toifalari bepul rejali statsionar tibbiy yordam olişlari mumkin. Soğliqni saqlaş vazirining 19.06.2025 yildagi 3632-son buyruği bilan davolanişi bepul bölgan kasalliklar röyxati tasdiqlandi.
7. Homiladorlik va tuğiş nafaqalari hamda kasallik nafaqalari tölaş tizimi töliq özgarmoqda. Ular davlat ijtimoiy suğurtasi doirasida tayinlanadi va tölanadi.
8. Zargarlik buyumlarini işlab çiqariş yoki realizatsiya qiliş bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik subektlari daromadidan qati nazar, QQS tölovçisiga aylanadi. Şuningdek, ular malum şartlarga rioya qilgan holda byudjetga tölangan QQSning 80 foizini qaytarib olişlari mumkin böladi.
9. Yillik aylanmasi 1 mlrd sömgaça bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan fuqarolar uçun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.
10. Tirik qoramol (TIF TN kodi 0102), qöy va eçki (TIF TN kodi 0104) import qilinganda QQS tölaşni 180 kungaça (2027 yil yakuniga qadar) keçiktirişga yöl qöyiladi.
11. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni Özbekiston hududiga olib kirişda veterinariya ruxsatnomasi va sertifikati ikki baravar qisqartirilgan muddatlarda beriladi.
12. Çorvaçilik mahsulotlari yetiştiruvçi xöjalik yurituvçi subektlarga ozuqabop ekinlar yetiştiriş uçun yer uçastkalarini ijaraga oliş huquqini olganlik uçun haqni 5 yil mobaynida teng uluşlarda tölaşga ruxsat etiladi.
13. Tarixiy va madaniy meros obektlarining zilzilabardoşligi monitoringi joriy etiladi. Birinçi bosqiçda mamlakatning turizm salohiyatini namoyiş etuvçi obektlar, jumladan, Samarqanddagi Registon majmuasi, Buxorodagi Darvozaxona (Ark qalasi), Xivadagi Içan qala majmualarida monitoring ötkaziladi.
14. Respublikaning toğli hududlarni kesib ötuvçi "A-373" va "M-39" avtomobil yöllari va ularga tutaş temir yöllarida köçki sodir böliş ehtimoli yuqori bölgan hududlar doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilib boriladi.
15.Seysmik xavfi yuqori bölgan hududlarda kuçli zilzilalarni suniy intellekt yordamida örta va uzoq muddatli prognoz qiliş yölga qöyilmoqda. Birinçi bosqiçda Toşkent şahri tajribasi asosida taşkil etilmoqda.

16. Fuqarolarning ijtimoiy yordam körsatiş böyiça murojaatlari, oilalar va aholi böyiça malumotlarni yuritiş "Raqamli mahalla" platformasi orqali amalga oşiriladi. Buning uçun "Mahallalarning markazlaşgan reyestri" işga tuşirildi.
17. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarni yaşaş joyi böyiça vaqtinça röyxatga oliş bir yilgaça bölgan muddatga YaIDXP orqali amalga oşiriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: