Özbekistonda fuqarolarning soliqlari hisobidan amalga oşiriladigan xarajatlar elon qilib boriladi
30-11-2025, 11:29
201 марта

Özbekistonda fuqarolarning soliqlari hisobidan amalga oşiriladigan xarajatlar elon qilib boriladi
Özbekistonda 2026 yil 1 yanvardan “Jismoniy şaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar” moduli işga tuşiriladi.Prezidentning 2025 yil 28 noyabrdagi “Soliqlarning yiğiluvçanlik darajasini oşiriş va faol soliq tölovçilarni rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilanişiça, soliq munosabatlarini taşkil etişda yangiça yondaşuv qöllanadi.
Jsmoniy şaxslar tomonidan tölangan soliqlar hisobidan amalga oşiriladigan byudjet xarajatlari malumotlarini özida aks ettiruvçi “Jismoniy şaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar” moduli “Oçiq byudjet” portalida işga tuşiriladi.
Bunda quyidagilar doimiy ravişda elon qilib boriladi:
- jismoniy şaxs tomonidan muayyan davrda tölangan daromad soliği, mol-mulk va yer soliği töğrisidagi malumot;
- tölangan soliqlar evaziga davlat byudjetidan amalga oşirilgan xarajatlar töğrisidagi malumotlar.
jismoniy şaxslardan olinadigan mol-mulk va (yoki) yer soliği böyiça 1 million sömdan oşgan soliq qarzdorligini undirişda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanişni joriy etiş;
soliq organlari faoliyatini baholaşda inson omili tasirisiz avtomatik şakllanadigan eng muhim samaradorlik körsatkiçlarini joriy etişni tizimli davom ettiriş.
Hujjat bilan, şuningdek, 2026 yil 1 yanvardan jismoniy şaxslar tomonidan köçmas mulklarni ijaraga berişdan olingan daromad böyiça tölangan soliq töliq miqdorda mulk joylaşgan tuman (şahar) mahalliy byudjetlariga yönaltirilişi belgilandi.
Qarorga köra, 2026 yil 1 yanvardan “Eng yaxşi soliq tölovçi mahalla” nominatsiyasi joriy etiladi. Öoliblar taşabbusli byudjet doirasida ketma-ket ikki marotaba ğolib deb topilgan mahallalar uçun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritiş imkoniyatini çeklaş qoidasi qöllanmaydi. Loyihalarni şeriklik asosida moliyalaştirişda uşbu mahallalar aholisi tomonidan loyiha qiymatining 25 foizi moliyalaştirilgan taqdirda, loyiha ğolib deb topiladi hamda qolgan 75 foizi davlat byudjetidan moliyalaştiriladi.