Yangi farmon: Ijtimoiy reyestr orqali nafaqa va yordamlar — kim va qanday tartibda oladi
29-12-2025, 11:42
501 марта

Yangi farmon: Ijtimoiy reyestr orqali nafaqa va yordamlar — kim va qanday tartibda oladi
2026 yildan ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimi yangiça formatda işlaydi: oilalar yagona reyestr asosida baholanib, nafaqa va yordamlar avtomatik va aniq mezonlar böyiça tayinlanadi2026 yil 1 fevraldan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va Kambağal oilalar reyestri asosida yagona Ijtimoiy reyestr yuritiladi va unda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib çiqib, “davlat taminotidagi oila”, “kambağal oila” va “kambağallik çegarasidagi oila” toifalariga ajratiladi.
Bu tartib ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaş tizimini isloh qilişga qaratilgan Prezident farmonida körsatib ötilgan.
Farmonga muvofiq, Ijtimoiy reyestr “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida şakllantiriladi.
Şunga muvofiq, bunday oilalar quyidagi toifalarga ajratiladi:
“Davlat taminotidagi oila” — agar oila azolari mehnatga layoqatsiz bölib, kişi boşiga töğri keladigan jami örtaça oylik daromad minimal istemol xarajatlaridan kam bölsa;
“Kambağal oila” — mehnatga layoqatli azolari mavjud bölgan, biroq ularning har biriga töğri keladigan jami örtaça oylik daromad minimal istemol xarajatlaridan kam bölgan oilalar;
“Kambağallik çegarasidagi oila” — oila azolarining har biriga töğri keladigan jami örtaça oylik daromad minimal istemol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigaça bölgan holatlar.
Davlat taminotidagi oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam ularning bandligiga qaramasdan, avtomatik tarzda tölab boriladi. Kambağal oilalarga nafaqa 6 oyga tayinlanadi va mehnatga layoqatli azolarning rasmiy iş bilan taminlanişi talab qilinadi.
Kambağallik çegarasidagi oilalarga esa yordam 6 oy davomida tölanadi, daromad oşgan sari nafaqa miqdori 75 yoki 50 foizgaça kamayib boradi.
Şuningdek, davlat taminotidagi oilalar uçun qöşimça ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi.
Ularga:
uyiga quyoş panellari örnatiş uçun subsidiya,
tadbirkorlikni yölga qöyiş yoki kengaytiriş uçun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Ijtimoiy reyestrga kiritiş yoki undan çiqariş böyiça kelişmovçiliklarni hal qiliş uçun 2026 yil 1 fevraldan tuman va şahar hokimliklari huzurida apellyatsiya kengaşlari taşkil etiladi. Ular mustaqil faoliyat yuritib, qarorlarni qayta körib çiqiş huquqiga ega böladi.