Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tölaş tartibi yangilandi
27-12-2025, 20:43
841 марта

Ijtimoiy xizmat va yordamlar (şu jumladan, bolalar nafaqasi va moddiy yordam) oila uşbu toifada bölgan davrda oilaning bandlik holatidan qati nazar va qöşimça murojaat talab etmasdan körsatib boriladi.
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati Ijtimoiy reyestrga kiritilganidan 12 oy ötgaç qayta baholanadi (ayrim hollarda vazirlik va idoralar axborot tizimlari orqali örganilişi mumkin).
2) “Kambağal oila”
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan vaqtdan etiboran 6 oy davomida mehnatga layoqatli azolarning rasmiy bandligi taminlanişi şarti bilan tayinlanadi.
Agar mehnatga layoqatli azolarning rasmiy bandligi taminlansa, nafaqa/yordam qöşimça murojaatsiz uzluksiz tölab boriladi.
Agar rasmiy bandlik şarti bajarilmasa, bolalar nafaqasi va moddiy yordam tölaş töxtatiladi.
Oila qayta murojaat qilganda, “kambağal oila” toifasida bölgani uçun mehnatga layoqatli azolar bandligiga oid istisno qoida 6 oy davomida qöllanmaydi.
3) “Kambağallik çegarasidagi oila”
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oila uşbu toifaga kiritilgan vaqtdan etiboran 6 oy davomida tölanadi.
Agar har bir azoga töğri keladigan örtaça oylik daromad minimal istemol xarajatlarining 1 baravaridan 1,25 baravarigaça bölsa — tölov 75 foiz qilib belgilanadi.
Agar daromad 1,25 baravaridan 1,5 baravarigaça bölsa — tölov 50 foizni taşkil etadi.