Ukraina uruşidan Özbekiston qamoqxonasiga
7-01-2026, 17:10
488 марта

Ukraina uruşidan Özbekiston qamoqxonasiga
Rossiyadan uruşga ketgan buxorolik muhojir 3,5 yilga qamaldi.“Magadan viloyatida muhojirlikda mehnat qilib yurgan kunlarimning birida rus millatiga mansub bir şaxs bilan muştlaşib qoldik. Unga tan jarohati yetkazib qöydim. Meni javobgarlikka tortişdi, jinoyat işi qözğatişdi. Bu jinoyat işi bilan menga umumiy tartibli koloniyalardan birida muddatni ötaş yoki Ukraina davlatiga uruşga ketişni tanlov qilib qöyişdi. Bunday oğir jazoga loyiq jinoyat sodir etmaganim iztirobi, yetmaganiga qörquv va bosim meni ikkinçi şartni tanlaşimga sabab böldi”,-29 yoşli aybdorning sözlari Jinoyat işlari böyiça Buxoro viloyati, Kogon şahar sudi zalida töplanganlarni larzaga soldi. Aslida, Rossiya Federatsiyasiga bölgan köplab muhojir vatandoşlarimizning bunday «qarmoq»qa tuşayotgani kunning oğriqli muammosiga aylangan.
Sud hujjatlariga köra, fuqaro Ş.I. Kogon şahrida tuğilgan. U 2014 yildan buyon Rossiya Federatsiyasiga borib, u yerda mavsumiy işlar bilan şuğullanib kelgan. Oradan yillar ötib, 2023 yilda Ş.I. Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini, 2024 yilda esa davlatning harbiy guvohnomasini rasmiylaştirib olgan.
Rossiya Federatsiya Xabarovskiy şahriga borib, u yerda boşqa yollangan harbiy xizmatçilar bilan birgalikda 14 kunlik harbiy tayyorgarlikdan ötgan. Ukraina davlatining Donesk va Lugansk xalq Respublikalari hamda Xerson viloyatlarida ötkazilgan maxsus harbiy operatsiyalarda faol iştirok etgan. Zaporoje viloyatida amalga oşirilayotgan janglarning birida esa raketa zarbasi natijasida tanasining turli joylaridan yaralangan. Bel sohasida, çap oyoq boldir va 5-barmoq asos sohalari portlovçi qurol snaryadi bölakçalari tasiridan öta oğir jarohatlanib, harbiy gospitalga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, uşbu harbiy operatsiyada u bilan birga bölgan 126 nafar harbiydan faqat 4 nafari tirik qolgan. 4 kişi 14 kun okoplarda jon saqlaşgan. Bu raqamlar quruq statistika emas, bu uruşning haqiqiy qiyofasi. 3 nafar harbiy Rostov va Sankt-Peterburgdagi harbiy gospitallarda davolanişgan. Ş.I. esa oğir operatsiyani boşidan ötkazgan va buning evaziga unga medal berilgan, suğurta pullari tölangan.
Ş.I. öz oilasiga yoki boşqa yaqin qarindoşlariga Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlari tarkibidan Ukraina davlatiga qarşi ötkazilgan maxsus harbiy operatsiyalarda iştirok etgani töğrisida aytmagan. Biroq, harbiy operatsiyalarda iştiroki davomida jismonan yaroqsiz ahvolga kelib qolgan Ş.I. Özbekistonga qaytişga majbur bölgan.
Özbekistonga qaytgaç, oradan beş kun ötib, Ş.I.ning telefoni közdan keçirilgan. U yerda harbiy kiyimdagi suratlar, jarohatlari aks etgan tasvirlar va Rossiya Mudofaa vazirligining malumotnomasi topilgan. Magadan harbiy xizmatga çaqiruv punkti boşliği bilan harbiy dala maxsus kiyimida “Voorujenniye sili Rossii” yozuvi hamda Rossiya Federatsiyasining davlat bayroği tuşirilgan rasmlar topilgan. Xuddi şuningdek, harbiy poligonlarda tuşgan köplab rasmlar ham uning Rossiya-Ukraina uruşlaridagi iştirokini isbotlab bergan. Şundan söng Ş.I.ga nisbatan tergov harakatlari boşlab yuborilgan.
U aybini töliq tan olib, qilmişidan çin köngildan puşaymon ekanini bildirgan. Harbiy harakatlarda iştirok etişga qamoq jazosidan qoçiş maqsadida majbur bölganini öz ixtiyori bilan Özbekistonga qaytib kelganini, oilada yagona boquvçi ekanini aytgan.
Malumki, Özbekiston qonunçiligiga köra, çet davlat qurolli kuçlari safida xizmat qiliş va harbiy harakatlarda iştirok etiş jinoyat hisoblanadi. U majbur bölganmi yoki ixtiyoriy ravişda, baribir, qonun oldida barça javob beradi.
“Ş.I.ning xatti-harakati bizga bir haqiqatni eslatadi: iqtisodiy qiyinçilik, huquqiy savodsizlik va qörquv insonni uruş maydoniga olib borişi mumkin, ammo, qonun oldida javobgarlikdan qutqarmaydi. Bu voqea çet elda işlayotgan minglab yurtdoşlarimiz uçun jiddiy saboq bölişi kerak. Har qanday şartnoma, har qanday “vada” ortida qon, ölim va singan taqdirlar turişi ehtimoldan xoli emas”,— deydi Jinoyat işlari böyiça Kogon şahar sudi raisi Akram Rahimov.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan Ş.I.ga uzil-kesil 3 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. U tayinlangan jazo muddatini umumiy tartibli koloniyalarda ötaydigan böldi.