Özbekistonda 2026 yil uçun iş vaqti kalendari elon qilindi
7-01-2026, 20:10
1 051 марта

Özbekistonda 2026 yil uçun iş vaqti kalendari elon qilindi
Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan 2026 yilga möljallangan iş vaqti kalendari işlab çiqildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.Uşbu iş vaqti kalendari Mehnat kodeksi, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2026 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida” farmoni va 2025 yil va 2026 yillarning kalendarlaridan foydalangan holda işlab çiqilgan.
Hujjatda 5 kunlik (40 soatlik), 6 kunlik (40 soatlik) va 6 kunlik (36 soatlik) iş haftalari uçun oylar, çoraklar, yarim yillik va yil kesimida iş soatlari hamda iş kunlari soni hisoblab çiqilgan. Şuningdek, 2026 yilda nişonlanadigan rasmiy bayram kunlari va bayramoldi iş kunlarida iş vaqti meyorlari alohida belgilangan.

Uşbu hujjatdan:
- iş jadvallarini işlab çiqişda;
- tatillarni rejalaştiriş va rasmiylaştirişda;
- oylik, çoraklik va yillik iş soatlarini aniqlaşda hamda boşqa maqsadlarda foydalaniş mumkin.