"Avtoraqam qiroli"dan kimdir söraydimi? Oddiy avtoraqamlar qani?
8-01-2026, 08:08
544 марта
"Avtoraqam qiroli"dan kimdir söraydimi? Oddiy avtoraqamlar qani?Yangi yilning ilk iş kunlaridan özbekistonliklar navbatdagi soqqa-sinovlarga duç kelişdi. Yöl harakati xavfsizligi bölinmalarida 3,5 BHM narxidagi "oddiy avtoraqamlar" yöq, talabgorlarga faqat qimmat 7-10 mln.lik raqamlar taklif etilmoqda. Suriştiruvlar ötkazgan jurnalist ham, javob bergan masullar ham, beçora talabgorlar ham avtoraqam işlab çiqariş Özbekistonda yaşirin qaror bilan "xususiy şerikka" topşirilganidan bexabar bölişi mumkin. Suniy muammo yaratib soqqa qiliş şu darajaga yetkazilganki, endi heç kimga mohiyat qiziqmas va özi karrasiga qimmat qilingan "oddiy nomer"niyam odamlarimiz köziga surtib olişga tayyor.
Avtoraqamlarni işlab çiqaruvçi xususiy şerik nega defitsitga aylangan oddiy raqamlardan köra çiroylik va qimmat avtoraqamlarni işlab çiqarişni maqul körayotgani sababiyam qiziq (qimmat nomerlardan köproq qolsa kerakda).
Darvoqe, çiroyli raqamlarniyam narxi oşirilgani haqida şikoyatlar qilinmoqda. Hukumat qaroriga köra, RÖDRB uçun yagona oşirilgan tölov miqdori «Uzavtomotobelgi» davlat unitar korxonasi tomonidan belgilanadi, lekin Uzavtomotobelgi saytida toifalangan avtoraqamlar narxlari haqida biron axborotning özi yöq.
Axborot yöq. Muammo yöq.