DXX raisi korruptsiyani yöqotiş masalasida Prezidentga vada berdi
15-01-2026, 18:08
127 марта

DXX raisi korruptsiyani yöqotiş masalasida Prezidentga vada berdi
2025 yilda Özbekistonda davlat idoralarining 1083 nafar xodimi korruptsiyada ayblanib lavozimidan ozod etildi, ulardan 661 nafari jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov joriy yilning 13 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan Xavfsizlik kengaşining mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlaş masalalari böyiça kengaytirilgan yiğilişida söz oçdi.“Korruptsiya tahdidini bartaraf etiş yönalişida nazorat va huquq-tartibot idoralari hamda boşqa davlat tuzilmalarida mansab vakolatini suiistemol qiliş, poraxörlik, tamagirlik qiliş va boşqa turdagi korruptsion jinoyatlariga qöl uriş holatlari hamon saqlanib qolmoqda. Ötgan yilda davlat idoralarining korruptsiya va boşqa jinoyatlariga aloqador bölgan 1083 nafar xodimlari tizimdan çetlatildi. 661 tasi jinoiy javobgarlikka tortilib sudlandi”, deydi general-polkovnik Qurbonov.Uning qayd etişiça, davlat idoralari, taşkilotlari va muassasalarida maişiy korruptsiya holatlari hamon davom etmoqda. Bunga asosan korruptsion xavf-xatarlar mavjud bölgan munosabatlarda inson omili yuqoriligi va raqamlaştiriş keng joriy etilmaganligi salbiy tasir körsatmoqda.
DXX raisi 2026 yilda asosiy etiborni korruptsion xavf-xatarlar mavjud funktsiya va munosabatlarni raqamlaştirişga, huquqiy böşliqlarni bartaraf etişga, aholining huquqiy ongini oşiriş va ularda korruptsiyaga toqatsiz munosabatni şakllantirişga oid amaliy va tarğibot tadbirlarini taşkil etişga qaratişga vada berdi.