Özbekistonlik yuk taşuvçilar uçun Polşa çegarasida alohida yölak oçiş rejalaştirilmoqda
15-01-2026, 18:47
139 марта

Özbekistonlik yuk taşuvçilar uçun Polşa çegarasida alohida yölak oçiş rejalaştirilmoqda
Özbekiston Polşani öz mahsulotlarining Yevropa bozorlariga çiqişi uçun asosiy yönaliş sifatida köradi. Prezident logistika xarajatlarini qisqartiriş böyiça takliflar tayyorlaş, Brest çegara punktida alohida logistika yölagi taşkil etiş imkoniyatini körib çiqiş böyiça topşiriq berdi.Bugungi geosiyosiy vaziyat şaroitida Yevropaga yuk taşiş xarajatlari ikki baravar oşdi, bu esa Özbekiston işlab çiqaruvçilari mahsulotlarining raqobatbardoşligiga salbiy tasir körsatmoqda. Bu haqda 15 yanvar kuni bölib ötgan yiğilişda prezident Şavkat Mirziyoyev malum qildi.
Bu borada Polşa Yevropa bozorlariga kirib boriş uçun eng asosiy darvoza hisoblanişi, uşbu mamlakatdagi elçimiz logistika xarajatlarini qisqartiriş böyiça takliflar bilan çiqişi kerakligi takidlandi.
Mutasaddilarga polşalik hamkasblari bilan Brest çegara punktida özbekistonlik yuk taşuvçilar uçun alohida yölak oçiş masalasida kelişuvga erişiş topşirildi.
Bundan taşqari, masul vazirliklarga Özbekiston va Ruminiya hukumatlararo komissiya yiğilişini ötkazib, iqtisodiy munosabatlarni kengaytiriş böyiça aniq kelişuvlarga erişiş topşirildi.