Mirziyoyev AQŞ vizasini oson oliş böyiça muzokaralar ötkazişdi buyurdi
15-01-2026, 19:54
224 марта

Mirziyoyev AQŞ vizasini oson oliş böyiça muzokaralar ötkazişdi buyurdi
Özbekiston Respublikasining AQŞdagi Favqulodda va muxtor elçisi Furqat Siddiqovga AQŞdagi mavsumiy işçilar jalb qilinadigan davlatlar röyxatiga Özbekistonni kiritiş böyiça muzokaralar ötkaziş topşirildi. Topşiriq bugun, 15 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan Taşqi işlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan videoselektor yiğilişida berilgan.Yiğilişda aytilişiça, ötgan yili AQŞ hukumati qişloq xöjaligi işçilari uçun maxsus viza olişni soddalaştirdi.
“Uşbu mamlakatdagi elçiga AQŞdagi mavsumiy işçilar jalb qilinadigan davlatlar röyxatiga Özbekistonni kiritiş böyiça muzokaralar ötkaziş topşirildi”, deb xabar berdi Prezident Matbuot kotibi Şerzod Asadov.
Yiğilişda şuningdek, bundan keyin har bir viloyat hokimi işçi kuçi qabul qiluvçi rivojlangan davlatlar hududlari bilan töğridan-töğri işlaş amaliyotini yölga qöyişi kerakligi qayd etilgan.
Umuman, har bir elçi xorijda yuqori daromadli iş örinlarini topiş, aholini şunga mos kasb va tilga öqitişga ham masul bölişi belgilandi.
Bu borada Yaponiya, Şvetsiya, Norvegiya, Bolgariya, Avstriya, Xorvatiya, Sloveniya, Serbiya, Gretsiya va Ömon bilan migratsiyaga oid hukumatlararo va idoralararo bitimlarni imzolaş muhimligi aytilgan.