Özbekistonda çiqindi taşiş uçun qarzi bor abonentlarga ommaviy SMS-ogohlantiriş kelişi boşlandi
16-01-2026, 11:47
244 марта
Özbekistonda çiqindi taşiş uçun qarzi bor abonentlarga ommaviy SMS-ogohlantiriş kelişi boşlandiÇiqindi xizmatlari uçun qarzdorligi bölgan 119 mingga yaqin fuqaroga şu kabi ogohlantirişlar yuborilgan.
Uçtepa tuman hokimligi
Joriy yil 15 yanvar holatiga köra, aholining çiqindi taşiş xizmatlari uçun 9,3 mlrd sömlik qarzdorligi mavjudligi sababli 2100 qisqa raqamidan 118 646 ta abonentga ogohlantiruvçi SMS-xabarnomalar yuborilgan. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va aylanma iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Agentlikning qayd etişiça, uşbu ogohlantiriş olingandan söng 5 kun içida qarzdorlik tölanmasa, abonentlar uçun elektr energiyasi uçun tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati vaqtinça çeklanadi.
Mazkur tartib ötgan yilning 1 iyulidan boşlab çiqindilarni olib çiqib ketiş xizmatlari böyiça şakllangan qarzdorliklarga nisbatan qöllaniladi.
Avvalroq, 2025 yil yakuni böyiça aholi çiqindi xizmatlari uçun hisoblangan tölovlarning 90 foizini tölagani haqida xabar bergan edik. Tizimdan 200 mlrd sömdan ortiq noreal qarzdorlik çiqarib taşlandi.