USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 75 mlrd dollardan oşdi

309 марта
Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 75 mlrd dollardan oşdi

2025 yilning 9 oyi davomida Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 11,3 mlrd dollarga köpayib, 1 oktyabr holatiga 75,4 mlrd dollarni taşkil etdi. Xususiy sektor va davlat kompaniyalarining taşqi qarzlari (38 mlrd) davlat taşqi qarzi (37,4 mlrd)dan oşib ketdi.
Foto: Reuters

2025 yilning 3-çoragida Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 3,2 mlrd dollarga köpayib, 1 oktyabr holatiga 75,4 mlrd dollarga yetdi. Bu – Markaziy bank hisobotida keltirilgan.


Umumiy taşqi qarz 1 yil içida (2024 yilning 1 oktyabri bilan taqqoslaganda) 15,2 mlrd dollarga, 2025 yil 1 yanvarga nisbatan esa 11,3 mlrd dollarga köpaygan.


Taşqi qarzlarning 37,4 mlrd dollari – davlat qarzi, 38,0 mlrd dollari – korporativ taşqi qarzlardir.


Qayd etiş lozim, korporativ taşqi qarzlarning ham aksariyat qismi garçi bevosita davlat kafolati ostida jalb qilinmagan bölsa-da, davlatga qaraşli yirik kompaniyalarning xalqaro obligatsiyalari hissasiga töğri keladi.


“Heç kim bizga kredit bermasdi” — Jamşid Qöçqorov avvalgi mamuriyat davridagi byudjet profitsiti haqida

Joriy operatsiyalar hisobi

9 oy yakuni bilan joriy operatsiyalar hisobi 207,3 mln dollar manfiy saldo bilan şakllandi. Taqqoslaş uçun, 2024 yilning 9 oyida bu körsatkiç manfiy 3,1 mlrd dollar bölgandi.


Markaziy bankning izohlaşiça, bu tendentsiya – eksportning importga nisbatan yuqori suratlarda ösişi va xalqaro pul ötkazmalari hajmining sezilarli oşişi bilan boğliq.

Xususan, eksport ötgan yilning mos davriga nisbatan 32,8 foizga ösib, 26,1 mlrd dollarni taşkil etgan. Import hajmi esa 15,4 foizga oşib, 36,7 mlrd dollarga yetgan. Natijada 9 oylik savdo balansining manfiy saldosi ötgan yilning mos davriga nisbatan 12,6 foizga kamayib, 10,6 mlrd dollarni taşkil etgan.

Eksport tuşumlarining ösişiga jahon bozorlaridagi narxlar va norezidentlarga körsatilgan xizmatlar hajmining köpayişi tasir körsatgan. Jumladan, Jahon banki malumotiga köra, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida oltinning örtaça narxi ötgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga, kumuş narxi 29 foizga, mis narxi 5 foizga ösgan.


Moliyaviy hisob


Markaziy bank malumotiga köra, 2025 yilning 9 oyi davomida Özbekistonga töğridan töğri xorijiy investitsiyalarning sof kiritilişi ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga ösib, 2,9 mlrd dollarga teng böldi.

Portfel investitsiyalarning sof jalb qilinişi asosan xalqaro obligatsiyalar bilan boğliq operatsiyalar hisobiga ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobarga oşib, 3,8 mlrd dollarga teng böldi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: