5 oylik çaqaloq otasi oğziga paypoq tiqişi oqibatida vafot etdi
18-01-2026, 19:13
3 455 марта

Navoiyda 5 oylik çaqaloq otasi oğziga paypoq tiqişi oqibatida vafot etdi
Voqea 10 yanvar kuni sodir bölgan. Bola yiğlayotgani sababli ota uning oğziga paypoq tiqqan. Bola nafas yetişmovçiligi oqibatida kökara boşlagan. Şundan söng ona çaqaloqni zudlik bilan şifoxonaga olib borgan. Şifokorlar bolaning hayotini saqlab qolişga harakat qilgan bölsa-da, u oradan tört kun ötib, şifoxonada vafot etgan.
“10 yanvar kuni keçasi soat 24:00 larda bir bemor öta oğir ahvolda olib kelindi. Klinik ölim holatida edi, yurak va nafas olişi töxtagandi. Öpka-yurak reanimatsiyasini ötkazdik. Şundan söng yuragi tiklandi. Tört kun davomida bolalar reanimatsiyasi bölimida standart asosida davoladik. Kerakli mutaxassislar kördi. Şunga qaramasdan, 14 yanvar kuni soat 22:00 larda bolada biologik ölim holati kuzatildi. Şundan söng içki işlar xodimi çaqirildi va murdani ekspertizaga ötkazdik”, degan şifokor Öral Rahmatullayev “Zamon” dasturiga bergan intervyusida.
Mahalla vakillarining malum qilişiça, bu erkakning şariy nikohiga olingan ikkinçi oilasi bölgan. Avvalgi oilasida ham u farzandlariga doimiy ravişda zulm qilgan. Mahalla yettiligi erkak bilan köp marotaba profilaktik suhbatlar ötkazgan va nazoratda bölgan.
Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati rahbari Fayozbek Qosimovning bildirişiça, mazkur holat yuzasidan gumonlanuvçi fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan. Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.