USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Googooş Trampga yordam sörab murojaat qildi

1 266 марта

Googooş Trampga yordam sörab murojaat qildi

AQŞning Los-Anjeles şahrida yaşab kelayotgan fors retro yulduzi Googooş Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Trampga xat yozib, undan şahzoda Rizo Pahlaviy bilan hamkorlik qiliş va Eronning amaldagi hukumatiga qarşi keskin çora körişni söradi. U öz maktubi ilova qilingan postni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi.

Xonanda Oq uy rahbariga amaldagi Eron rejimi tomonidan bir vaqtlar öz ovozidan mahrum etilgan eronlik sanatkor sifatida murojaat qilib, Eron xalqi Ali Xomanaiy rahnamoligidagi rejim tomonidan qirğin qilinayotganini qayd etgan.

Uning işonçli manbalarga tayanib bergan malumotiga köra, Erondagi namoyişlar fonida atigi bir neça kun içida 12 mingdan 20 minggaça inson hayotdan köz yumgan. Googooş Trampdan Eron xalqi bilan bir safda turiş, şahzoda Rizo Pahlaviy bilan hamkorlik qiliş va Erondagi rejimga qarşi şoşilinç hamda qatiy çoralar körişni söragan.

“Qirq yetti yil davomida bu rejim farovonlik örniga uruşni, hayot örniga mafkurani tanlab keldi. Şifoxonalar vayron bölayotgan bir paytda ular “Amerikaga ölim” deb hayqirdi. Maktablar quriş örniga amerikaliklarni garovga oldi. Eron daryolari qurib borar, iqtisodiyot esa qular ekan, ular “Isroilga ölim” deb qiçqirdi. Milliardlab mablağlar raketalar, “Hizbulloh” va xorijdagi proksi kuçlarga sarflandi, eronliklar esa qaşşoqlik, elektr uzilişlari, suv tanqisligi, tsenzura, qamoqlar va ommaviy muhojirlikka mahkum etildi”, deya davom etgan u.
Sanatkorning qöşimça qilişiça, bugun Eron içida himoyasiz qolgan odamlar Trampga umid bilan murojaat qilmoqda, “insoniyatga qarşi davom etayotgan jinoyatlar qarşisida yordam sörab faryod çekmoqda”.
“Janob Prezident, umid qilamanki, siz mening xalqimga yordam qölini çözasiz va sönggi 50 yil içida Amerika Qöşma Ştatlari rahbarlari orasida birinçi bölib Eron xalqi tomonida qatiy turasiz. Şu orqali bir vaqtlar ikki xalq örtasida mavjud bölgan tarixiy munosabatlarni qayta tiklaşga hissa qöşasiz”, degan u.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: